Ataqulov Lazizjon Nematovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tik qiya konveyerlar ekspluatatsion parametrlari unumdorligini oshirish va texnik holatini baholash usullarini ishlab chiqish», 04.00.10–Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T239.
Ilmiy maslahatchi: Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Galkin Vladimir Ivanovich, texnika fanlari doktori, professor; Stolpovskix Ivan Nikitovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekko‘mir» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rezinatrosli konveyer tasmalarining bo‘g‘inlarini ulash usullarini ishlab chiqish va monitoring usullarini takomillashtirish orqali TQK ishining samaradorligini oshirish va texnik holatini baholovchi usullar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konveyer tasmalarida ortiqcha kuchlanish yo‘qligini ta’minlab, yuklanish bo‘limi o‘tish qismining radiusini aniqlashga imkon beradigan konveyer tasmalarining ish tartibi parametrlari ishlab chiqilgan va yuk tashuvchi va qoplama tasmali konveyer tasmalari o‘tish qismining matematik modeli ishlab chiqilgan;
qoplama tasmali TQKning yuk tashuvchi tasmasining o‘tish qismi radiusini maxsus ish sharoitlari uchun aniqlash usullarini eng kam ruxsat etilganidan va ruxsat etilgan darajadan past bo‘lgan tasma kuchlanishining yo‘qligi mezonlarini hisobga olgan holda aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
konveyer radiusi o‘tish qismi kenligi loyihalash bosqichiga asoslangan yuklash bo‘limini o‘tish qismi radiusi tasmasining kuchlanishiga bog‘liqlik parabolik xususiyati aniqlangan;
favqulodda to‘xtab qolishlarning oldini oluvchi va birikmalarda tasma uzilish xavfini kamaytiruvchi, rezinatrosli konveyer tasmalarining bir-biriga ulashning yangi usuli ishlab chiqilgan;  
konveyer tasmalarini kuzatish va ularning kamchiliklarini aniqlovchi qidiruv vositasining yangi tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Rezinatrosli konveyer tasmalarini ulash usulini ishlab chiqish va monitoring usullarini takomillashtirish orqali TQK ishining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuk tashuvchi va qoplama tasmalardagi kuchlanganlik holatining matematik modeli, shuningdek TQKning o‘tish qismida kuchlanganlik holatini aniqlovchi «Ansys» dasturiy ta’minoti raqamli modeli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Markaziy kon boshqarmasining Muruntov kar`erida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 21 maydagi 02-08-02/6482-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tish qismining radiusi 4 baravarga, bosim kuchining 2 baravar oshishi bilan o‘tish qismining radiusi 4,8 baravarga, roliklar orasidagi masofa 0,5 m ga o‘zgarilishi bilan o‘tish qismining radiusini 5,6 barobarga hamda ularni kombinatsiyasi asosida o‘tish qismining radiusini 8 baravarga kamaytirish imkonini bergan;
rezinatrosli konveyer tasmalarining buzilishini aniqlash va rezinatrosli konveyer tasmalarini ulash usullari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Shimoliy kon boshqarmasining Daugiztau konida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 21 maydagi 02-08-02/6482-son ma’lumotnomasi). Natijada 4x3 shaklida to‘qilgan troslar uzilish kuchini aniqlash va u to‘liq trosning 70% uzilish kuchini berish imkonini bergan;
tasmaning kuchlanish holatini aniqlash uchun ishlab chiqilgan usul «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Shimoliy kon boshqarmasining Daugiztau kar`erida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 21 maydagi 02-08-02/6482-son ma’lumotnomasi). Natijada tasma bo‘g‘inlaridagi uzilish xavfini kamaytirish, 2000St-5400 rusumli rezinatrosli tasmalar bo‘g‘inlari mustahkamligini 2,2 baravar oshirish, konveyer uskunalarining favqulodda to‘xtab qolishi va kon massasini tashish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish