Xusomiddinov Axror Sabriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharqiy O‘zbekiston hududida risk hosil qiluvchi omillarning xususiyatlari», 04.00.04–Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/GM19. 
Ilmiy rahbar: Shermatov Magbut, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Bakiev Saidnasim Alimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Qayumov Abduboqiy Qayumovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharqiy O‘zbekiston hududida geologik va seysmik risklarni hosil qiluvchi omillarning xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharqiy O‘zbekiston hududidagi seysmik riskning birlamchi hamda ikkilamchi omillarining xususiyatlari aniqlangan;
Farg‘ona botiqligi lyoss jinslar tarqalgan hududining cho‘kuvchanligini prognoz qilish bo‘yicha 1:500000 miqyosidagi raqamli xaritasi ishlab chiqilgan;
Toshkent, Namangan, Andijon va Farg‘ona shaharlarining kompleks geologik riski  baholangan;
Farg‘ona shahri ma’muriy birligi miqyosida seysmik risk aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharqiy O‘zbekiston hududida risk hosil qiluvchi omillarining husiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sharqiy O‘zbekiston hududidagi seysmik riskning asosiy birlamchi hamda ikkilamchi omillarining xususiyatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 maydagi 2/4/24-1216-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharqiy O‘zbekiston hududidagi risklarning ustuvor omillarini aniqlash imkonini bergan;
Farg‘ona viloyati lyoss jinslari tarqalish hududining cho‘kuvchanligini prognoz qilish 1:500000 miqyosdagi raqamli xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 maydagi 2/4/24-1216-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona botiqligidagi yuqori darijadagi geologik risk hududlarni va shaharsozlik uchun qulay hududlarni ajratish imkonini bergan;
Sharqiy O‘zbekiston urbanlashgan hududlarining kompleks geologik risk xaritalari Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 maydagi 2/4/24-1216-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharqiy O‘zbekiston viloyatlari markazi hududlarning seysmik riskni ishonchliroq hisoblash va muhandislik-seysmogeologik sharoitning o‘zgarishini oldinroq prognoz qilish imkonini bergan;
Farg‘ona shahar ma’muriy birligi miqyosida 7–8–9 balli zilzilada muhandislik va iqtisodiy zararni baholanishi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 maydagi 2/4/24-1216-son ma’lumotnomasi). Natijada har xil miqyosdagi urbanlashgan hududlarning riskini hisoblashning texnologik yondashuvini tuzish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish