Tadjibaeva Nodira Ruzievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy O‘zbekiston shaharlari hududlarining muhandislik-geologik sharoitlarini shakllanish qonuniyatlari (Buxoro shahri misolida)», 04.00.04–Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/GM18. 
Ilmiy rahbar: Shermatov Magbut, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashbay Irgashevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Xabibullaev Ibraxim Xabibullaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnogenezning rivojlanishi bilan bog‘liq Buxoro shahri muhandislik-geologik sharoitlarining xususiyatlari qonuniy o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnogenezning rivojlanishi sharoitlarida geologik muhit komponentlarining qonuniy o‘zgarishi aniqlangan;
Buxoro shahri hududidagi tuproqlarning muhandislik-geologik xossalarini o‘zgaruvchanligi baxolangan;
Buxoro shahri va unga yondosh bo‘lgan hududlarda ta’sir etuvchi omillarning ko‘p komponentliligini inobatga olgan holda muhandislik-geologik jarayonlarni rivojlanish dinamikasi baholangan;
Buxoro shahri va unga yondosh bo‘lgan hududlarda seysmik faollikning qiymatlari o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
Buxoro shahri va unga yondosh bo‘lgan hududlarni zamonaviy muhandislik-geologik rayonlashtirishni ta’minlaydigan integrallashgan parametrlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro shahri va uning atrofidagi hududlarda namoyon etilgan muhandislik-geologik sharoitlarini shakllanish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro shahri injener geologik sharoitlari komponentlarining o‘zgaruvchanlik darajasi va xususiyatlari «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DKda amaliyotga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 22 fevraldagi 04/4-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rnatilgan qonuniyatlar asosan suv bosishi, botqoqlanish, sho‘rlanish jaryonlarining rivojlanish sabablarini hamda ularni Buxoro shahri muhandislik-geologik sharoitlariga, arxitektura yodgorliklariga, zamonaviy inshootlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishlarini aniqlash imkonini bergan;
Buxoro shahrining muhandislik geologik rayonlashtirish xaritasi «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 22 fevraldagi 04/4-son ma’lumotnomasi). Natijada rayonning umumlashgan injener geologik holatlari modelini tuzish imkonini bergan;
Buxoro shahrining ekologik va geologik xaritalarining atlasi «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 22 fevraldagi 04/4-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro shahrining muhandis ekologik holatlari bo‘yicha rejalarni loyihalashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish