Mamanazarova Karomat Suvanqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon daryosi quyi oqimi havzasi al`goflorasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B307. 
Ilmiy rahbar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Duschanova Guljon Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori; Tal`skix Vladislav Nikolaevich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi quyi oqimi al`goflorasining turlar tarkibini aniqlash, suvning ekologik-sanitariya holatini baholashda flora tarkibidagi saproblikka indikator turlarning ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Zarafshon daryosi quyi oqimi havzasi al`goflorasida suvo‘tlarining 5 ta bo‘lim, 11 ta sinf, 33 ta tartib, 53 ta oila, 94 ta turkumga mansub 294 ta tur va tur xillari (227 ta tur, 61 ta variatsiya, 6 ta forma) aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston va Markaziy Osiyo suv havzalari uchun suvo‘tlarining 3 ta bo‘lim, 5 ta sinf, 6 ta tartib, 10 ta oila va 16 ta turkumga mansub 21 ta yangi turi aniqlangan;
al`gofloraning turlar tarkibini mavsumlar davomida va oqim bo‘ylab o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor suvo‘tlar hujayrasida parazitlik qiluvchi zamburug‘larning fan uchun yangi tur va turkumi (Sanchytrium tribonemae) aniqlangan va DNK tahlillari asosida uning filogenetik daraxti tuzilgan;
quyi oqim al`goflorasidagi saproblikka indikator turlarning suvning sanitariya holatini baholashdagi ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon daryosi quyi oqimi al`goflorasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyi oqim havzasi suvining mineral tarkibi va rN darajasini ko‘rsatuvchi indikator turlar ro‘yxati va ularning tarqalish xususiyatlari Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2019 yil 18 apreldagi 03-02/3-2053-son ma’lumotnomasi). Natijada Zarafshon daryosi quyi oqimidagi indikator suvo‘tlari asosida daryo suvining mavsumlar davomida oqim bo‘ylab gidrokimyoviy xususiyatlari o‘zgarib borishini aniqlash va tabiiy oqar suv havzalarining holatini monitoring qilish imkonini bergan;
saproblikka indikator turlar ro‘yxati, ularning tarqalish xususiyatlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar Navoiy viloyati davlat sanitariya-epidemologiya nazorat markazida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 fevraldagi 09-8/1178-son ma’lumotnomasi). Natijada daryo suvining mavsumiy va oqim bo‘ylab organik ifloslanish darajalarini aniqlash va ochiq suv havzalari tozaligini baholash imkonini bergan;
Zarafshon daryosi quyi oqimidan yig‘ilgan al`gologik namunalar Botanika institutining «Suv havzalari suvo‘tlar florasi» noyob ob’ektlar kolleksiyasiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 12 apreldagi 4/1255-2182-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy suv havzalari al`goflorasi umumiy ro‘yxatini tuzish, suvo‘tlari parazit organizmlarini aniqlash, “O‘zbekiston daryolari suvo‘tlar florasi” fondini boyitish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish