Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovnananing 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektron sanoati uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasi», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi; 01.04.06–Polimerlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T425.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Umarov Abdusalom Vaxitovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Umarbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Teshabaeva El`mira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron sanoat uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron sanoatda ishlatiladigan yarim metallar, metall oynalar va ular asosida nur o‘tkazgichlar o‘rnini bosuvchi, qurum va kaolin, PS, PVX asosida modifikatsiyalangan, import o‘rnini bosuvchi va eksportga asoslangan KPM yaratish asoslangan;
kompozit olishda qo‘llaniladigan texnologik qabullar orqali qurum-to‘ldirgichli KMda ularning miqdori va nisbatlari FAQ tuzilishining ma’lum bir qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan;
qurum va kaolin, polistirolli KMning fizik-kimyoviy xossalari va tuzilishiga jiddiy ta’sir etishi, yaratilgan kompozit tarkibidagi qatlam ferromagnit sifatida xarakterlovchi tuzning yo‘qligi aniqlangan;
PS+qurum kompozisiyasida tajribada birinchi marotaba o‘ta nozik parchalanish (O‘NP) va EPR spektrlarning kuchli kengayishi aniqlangan hamda PS, PVX, qurum va kaolin asosida ul`tratovushli modifikatsiyalash orqali yarim metallar, metall oynalar va ular asosida mikroelektronika va asbobsozlikda qo‘llaniladigan nur o‘tkazgichlarning o‘rnini bosuvchi KPMning tarkibi ishlab chiqilgan;
qurum va kaolin bilan to‘ldirilgan, ul`tratovush bilan qayta ishlangan va ular asosida olingan mikroelektronika va asbobsozlikda qo‘llanadigan nur o‘tkazgichlar, ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan KPMning qo‘llanish imkoniyatlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mikroelektronika va asbobsozlikda qo‘llaniladigan yarim metallar, metall oynalar o‘rnini bosuvchi va ular asosida nur o‘tkazgichlar sifatida ishlatiladigan kompozision polimer materiallar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ular asosida svetovodlar» uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 22534216-07:2019). Natijada elektron sanoatida modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ular asosida svetovodlarni ishlatish imkonini bergan;
«Modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallarini va ular asosida nur o‘tkazgichlarni olish» uchun texnologik reglament «Elxolding» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan kelishilgan va tasdiqlangan (TR 40.4-14952796-024:2019) («Uzeltexsanoat» assotsiatsiyasining 2019 yil 
4 sentyabrdagi 04-4/1319-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan modifikatsiyalangan kompozision polimer nur o‘tkazgichlarning ishlash xususiyatlari mavjud bo‘lgan kremniyli va shisha metalli nur o‘tkazgichlarning o‘rnini bosuvchi kompozision polimer materialli nur o‘tkazgichlarni olish va ularni elektron sohada qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish