Tursunov Shodmon Tog‘aevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kosonsoy havzasi adirlari tuproqlarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V262.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Ramazan, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Ismatulla Ummatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Abdraxmonov Toxtasin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab rel`ef sharoitida rivojlangan adir tuproqlarini xossa va xususiyatlarini sug‘orish ta’sirida o‘zgarishini aniqlash, tuproqlar sifatini baholash hamda unumdorligini saqlash va qayta tiklash, erlardan samarali foydalanishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘orish ta’sirida adir tuproqlarining morfologik tuzilishi va yangi genetik gorizontlarning shakllanish xususiyatlari ochib berilgan;
turli davrda o‘zlashtirilgan sug‘oriladigan adir tuproqlarining agrokimyoviy, fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
amaldagi sug‘orish tizimi adir tuproqlarida irrigatsion eroziyaning kuchayishi va adir osti hududlarida sho‘rlanish jarayonlarini jadallashganligi aniqlangan;
adir hududlari sug‘oriladigan tipik bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlari tarkibidagi gumus miqdori bilan paxta hosildorligi o‘rtasidagi korellyativ bog‘lanishlar aniqlangan;
sug‘oriladigan adir tuproqlarning xossa-xususiyatlarini hisobga olgan holda sifati jihatidan baholangan va unumdorlik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kosonsoy havzasi adir tuproqlarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kosonsoy tumani sug‘oriladigan adir tuproqlarining unumdorlik holati va uni yaxshilashga doir tavsiyalar» amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 iyundagi 03-05-4639-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘ oldi mintaqasi turli tuproq-iqlim sharoitlarida shakllangan murakkab rel`efli, eroziyalangan, toshloqli sug‘oriladigan adir tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish hamda erlardan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlar belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Kosonsoy tumani «Buxoro», «Isparon», «Dehqonobod», «Do‘stlik» massivlaridagi jami 7135,0 gektar sug‘oriladigan adir erlarning 1:10000 miqyosli tuproq sifatini baholash kartalari massivlar hududidagi fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 iyundagi 03-05-4639-son ma’lumotnomasi). Natijada adir tuproqlarning xossa-xususiyatlari va unumdorlik darajasiga qarab erlarning me’yoriy qiymatini hisoblash va hosildorligini belgilash, qiyalik ekspozisiyasi va tuproqning unumdorlik holatini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish imkonini bergan;
Kosonsoy tumani «Buxoro», «Isparon», «Dehqonobod», «Do‘stlik» massivlaridagi jami 7135,0 gektar sug‘oriladigan adir erlarining 1:10000 miqyosli tuproq kartalari amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 iyundagi 03-05-4639-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlardagi mavjud erlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproqlardan oqilona foydalanish, sug‘orish eroziyasining oldini olish hamda er resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.