Qalandarov Nazimxon Nazirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Farg‘ona shimoliy qismi gidromorf tuproqlarining holati va ularning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V257. 
Ilmiy rahbar: Ismonov Abduvahob Jo‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Raupova Nodira Baxramovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Farg‘ona shimoliy qismi gidromorf tuproqlari xossa-xususiyatlarining antropogen omil ta’sirida o‘zgarishini aniqlash orqali ularda kechayotgan salbiy jarayonlarning oldini olish, tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zlashtirish va sug‘orish ta’sirida keyingi 40–45 yil davomida tuproq qoplamlarida gidromorf rejimning jadallashishi hisobiga tuproqlarning ekologik-meliorativ holati o‘zgarganligi aniqlangan;
hudud sug‘oriladigan gidromorf tuproqlaridagi sho‘rlanish-sho‘rsizlanish jarayonlari ochib berilgan;
antropogen omil ta’sirida tuproqlarning xossa-xususiyatlaridagi agrokimyoviy va kimyoviy o‘zgarishlar natijasida yangi genetik tuproq guruhlari shakllanganligi asoslangan;
Markaziy Farg‘ona shimoliy qismi tayanch massivlar sug‘oriladigan gidromorf tuproqlari sifat jihatidan baholangan va har bir tuproq ayirmasi uchun bonitet ballari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Farg‘ona shimoliy qismi gidromorf tuproqlarining holati va ularning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mingbuloq tumani sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarining holati va ular unumdorligini saqlash va oshirishga doir tavsiyalar» sug‘oriladigan er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 iyuldagi 
03-05-4859-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarining holatini yaxshilash, ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Namangan viloyati Mingbuloq tumanining 1:25000 masshtabli tuproq kartasi 41760,2 gektar sug‘oriladigan er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 iyuldagi 03-05-4859-son ma’lumotnomasi). Natijada tumandagi sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanish, organo-mineral o‘g‘itlarni tejamli qo‘llash, meliorativ tadbirlarni muddatida amalga oshirish orqali qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Pop tumanining Markaziy Farg‘ona hududlariga kiruvchi Navbahor, Navro‘z, Pop 2-uchastka, Nayman 2-uchastka va Baliqchilik massivlaridagi jami 6142,5 gektar sug‘oriladigan er maydonlarining 1:10000 masshtabli tuproq sifatini baholash kartalari fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 iyuldagi 03-05-4859-son ma’lumotnomasi). Natijada massivlardagi gidromorf tuproqlarning xossa-xususiyatlari va unumdorlik darajasiga ko‘ra, erlarning me’yoriy qiymatini hisoblash, qishloq xo‘jaligi hosilini rejalashtirish, unumdorligi past bo‘lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi etishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish