Mirzaeva Yulduzxon Taxirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karakolin, talatizamin alkaloidlari hamda ularning hosilalarini relaksant ta’sir mexanizmlarini tavsiflash», 03.00.02–Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B117.
Ilmiy rahbar: Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Kurbannazarova Ra’noxon Sharapovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diterpenoid alkaloidlar sinfiga kiruvchi karakolin, talatizamin hamda ularni hosilalarining relaksant ta’sir mexanizmini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karakolin va talatizaminlarning kimyoviy tuzilishlariga mos ravishda uglerod atomining S-1 va S-14 holatlariga benzoil guruhini kiritish orqali olingan 1-O-BK va 14-O-BTlar relaksant faolligining sezilarli kuchayishi aniqlangan;
1-O-BK va 14-O-BT relaksant ta’siri SMHga Sa2+ ionlari kirishining kamayishi hisobiga ta’minlangan bo‘lib, bunda potensialga-bog‘liq va reseptor-boshqariluvchi Sa2+ kanallari hamda Na+/Ca2+ almashinuvchi ishtirok etishi isbotlangan;
SR darajasida 1-O-BK va 14-O-BT tomonidan Sa2+-ionlari tashilishining modifikatsiyalanishi ularning relaksant ta’siri asosida bo‘lishi mumkinligi aniqlangan;
1-O-BK va 14-O-BT relaksant faolligining kuchayishi ularning strukturasida benzoil guruhi mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi sababli ularning lipofilligi va shunga mos ravishda membrana faolligi ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Karakolin va talatizamin alkaloidlari va ularning hosilalarini relaksant ta’sir mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hujayraning Sa2+ transport tizimlariga 1-O-benzoilkarakolin va 14-O-benzoiltalatizamin alkaloidlarining o‘ziga xos ta’siri Moskva davlat universitetining AAAA-A16-116021660048-3 raqamli «Metodi diagnostiki sostoyaniya kletok» loyihasida me’yor va patologiyada hujayralardagi molekulyar o‘zgarishlarni aniqlashda foydalanilgan (Moskva davlat universitetining 2019 yil 
1 iyuldagi 19/105-03-son ma’lumotnomasi). Natijada biomolekulalarning yuqori sezgirlikda skrining qilishning yangi yo‘nalishini hamda yurak-qon tomir kasalliklariga tashxis qo‘yishda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish imkonini bergan;
1-O-benzoilkarakolin va 14-O-benzoiltalatizamin alkaloidlari bilan Sa2+-ionlari transportini modulyasiyalash FA-A10-T086 raqamli «Alkogolizm va unga bog‘liq oqibatlarni davolash va profilaktika qilishning yangi usullarini ishlab chiqish» fundamental loyihada alkogol intoksikatsiyasidan potensial protektorlarni izlashda va trombotsitar gemostaz disfunksiyasini korreksiya qilish usullarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yildagi 14 martdagi 4/1255-737-son ma’lumotnomasi). Natijada alkogol bilan zaharlanishda qon quyulishini, trombotsitlar agregatsiyasi va gemostaz tizimi disfunksiyasini 
1-O-benzoilkarakolin bilan korreksiya qilish imkonini bergan;
1-O-benzoilkarakolin va 14-O-benzoiltalatizaminni relaksant ta’sir mexanizmlari va qon tomir tonusini regulyasiyasi bo‘yicha olingan natijalar F-5-03 raqamli «Individual oshqozon-ichak ekotizimi evolyusiyasi va ekologik ifloslangan ozuqa» mavzusidagi fundamental loyihada uglevodlarning boshlang‘ich va so‘nggi gidrolizidagi negativ siljishlarni korreksiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 
16 martdagi 89-03-1051-son ma’lumotnomasi). Natijada ichakning spesifik hamda umumiy gidrolitik hajmini modulyasiyalash yondashuvlarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish