Hayitov Davron G‘aybullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyon zotlari organizmining fiziologik-biokimyoviy va chidamlilik statuslariga noqulay omillarning ta’siri», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/B250.
Ilmiy rahbar: Rajamurodov Zaynitdin Turobovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.30.08.2018.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Karimov Olim Rasulovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vahosi iqlim sharoitiga moslashgan (Shinshilla) va moslashayotgan (Yangi Zelandiya) quyon zotlari organizmining fiziologik-biokimyoviy va chidamlilik statuslariga noqulay omillarning ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati hududi sharoitiga moslashgan va moslashayotgan quyon zotlari organizmining fiziologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlariga tabiiy-iqlimiy stress-omillarining ta’siri qiyosiy aniqlangan;
quyon zotlari organizmining fiziologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlarining tashqi muhitni noqulay omillari ta’sirida yuz beradigan o‘zgarishlarning fiziologik mexanizmlari asoslangan;
muhitning turli ifloslanish darajalarida hudud sharoitiga moslashgan va moslashayotgan quyon zotlari organizmining himoya potensiali baholangan;
quyonlarni parvarish qilish bo‘yicha atmosfera havosining ifloslanish va tashqi muhit haroratining o‘zgaruvchan darajalari ta’siriga bog‘liq amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatimiz sharoitiga moslashgan (Shinshilla) va moslashayotgan (Yangi Zelandiya) quyon zotlari organizmining fiziologik-biokimyoviy va chidamlilik statuslariga noqulay omillarning ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi muhitning haroratiga bog‘liq tarzda quyonlarni parvarishlash asosida ulardagi fiziologik holatni yaxshilash hamda mahsuldorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Darg‘om agrovelikan” MChJ va Urgut tumani “Uchqun” fermer xo‘jaligida quyonlarni parvarishlash amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-44-son ma’lumotnomasi). Natijada quyonlar fiziologik holatlarining yaxshilanishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikni 13,3% ga oshirish imkonini bergan;
atmosferaning ifloslanish darajasiga bog‘liq tarzda quyonlarni parvarishlash asosida ulardagi fiziologik holatni yaxshilash hamda mahsuldorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyati Urgut tumani “Ro‘ziboev Xomid” fermer xo‘jaligida quyonlarni parvarishlash amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-44-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh quyondan olinadigan sof foydani 10,5% ga oshirish imkonini bergan;
harorat o‘zgarishining quyonlar qonini gematologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’siri to‘g‘risidagi (qoning hujayraviy, oqsilli immunobiologik) raqamli ma’lumotlar Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatining chorvachilik mahsuldorligini baholash va ekologik monitoringini olib borish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 14 dekabrdagi 03-03/2-4615-son ma’lumotnomasi). Natijada hayvonlar uchun haroratning optimal ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda hudud bioxilma-xilligi barqarorligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.