Mansurov Sherali Siddiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharqiy Farg‘ona gidromorf tuproqlari va ularning unumdorligini dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishi», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V48.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.29.12.2018.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xamza Hamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoldarov Davronbek Madaminovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysini sharqiy qismi gidromorf tuproqlarining xossa-xususiyatlari, ekologik-meliorativ holati va unumdorligini sug‘orma dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish, serdaromad qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘orma dehqonchilik sharoitida hudud tuproqlari profilida tabiiy va antropogen omillar ta’sirida gidromorfizm jarayonlar yuzaga kelishi mexanizmi asoslangan;
Farg‘ona vodiysining sharqiy qismi hududlarida tarqalgan o‘tloqi, o‘tloqi saz hamda o‘tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik, umumfizikaviy, fizik-kimyoviy va agrokimyoviy xossalarining dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishi isbotlangan;
hudud tuproqlaridagi ko‘p yillik ma’lumotlarni solishtirish asosida gidromorf tuproqlarda sodir bo‘lgan evolyusion o‘zgarishlar dinamikasi ochib berilgan;
sug‘orma dehqonchilik ta’sirida hudud gidromorf tuproqlari unumdorligini chegaralovchi xossalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda sifat jihatdan baholangan va unumdorlik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharqiy Farg‘ona gidromorf tuproqlari va ularning unumdorligini dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tuproqlari holati hamda unumdorligi past erlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va etishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 02-05-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi, jumladan Farg‘ona vodiysining sharqiy qismi hududlaridagi turli tuproq-iqlim sharoitlari shakllangan meliorativ holati yomon, er osti suvlari ko‘tarilgan, sho‘rlangan va eroziyalangan sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligini qayta tiklash va oshirish hamda serdaromad qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Jalaquduq tumani «Do‘stlik», Qo‘rg‘ontepa tumani «Dehqonchek», Shahrixon tumani «Yangi vahm» massivlaridagi jami 3226,0 ga sug‘oriladigan erlarning 1:10000 miqyosli tuproq xaritalari qishloq xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 02-05-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hududlardagi mavjud erlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash hamda er resurslarini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni begilash imkonini bergan;
Shahrixon tumani «Yangi vahm» massividagi 1357,2 gektar sug‘oriladigan erlarning 1:10000 masshtabli tuproq sifatini baholash xaritasi massiv hududidagi fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 02-05-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada massivdagi gidromorf va yarim gidromorf tuproqlarning xossa-xususiyatlari va unumdorlik darajasiga qarab erlarni me’yoriy qiymatini hisoblash va yagona er solig‘ini belgilash, unumdorligi past bo‘lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, erlarni noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ajratish imkonini bergan.