Boboev Akmaljon Xatamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kraxmal va inulin saqlovchi xomashyolarni kompleks qayta ishlab, etanol va oqsilli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T437.
Ilmiy rahbar: Abdurazakova Sobira Xodjaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Bobojonovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kraxmal va inulin saqlovchi xomashyolarni kompleks qayta ishlab, etanol va oqsilli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bug‘doyni etil spirtiga qayta ishlashda nordon va neytral proteinazalarning katalitik xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadigan omillar aniqlangan;
yuqori haroratda gidrotermik ishlov berish oqsillarni fermentativ gidroliziga salbiy ta’sir etishi isbotlangan;
fraksiyalangan bug‘doy yanchilmasi asosida olingan qandlashtirilgan sharbatni bijg‘itishda xomashyo tarkibidagi aminli azot va mineral moddalar tanqisligi olinayotgan mahsulotning chiqishiga va qandlashtirilgan suslani bijg‘ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
bug‘doy oqsillarini nordon va neytral proteinaza yordamida fermentativ gidrolizlab olingan peptidlar, achitqilarni faolligiga turlicha ta’sir etishi va al`bumindan olingan peptidlar bijg‘ish jarayonini to‘laqonli jadallashtirishi isbotlangan;
bug‘doy oqsillaridan olingan peptidlarning antioksidantli xossasi qo‘llanilayotgan fermentlarning turiga bog‘liqligi aniqlangan;
don va topinambur xomashyolari asosida etil spirti va oqsilli moddalar ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kraxmal va inulin saqlovchi xomashyolarni kompleks qayta ishlab, etanol va oqsilli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inulin saqlovchi xomashyo (topinambur)ni qayta ishlab, etil spirt olish texnologiyasi «Qo‘qon-spirt» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsharobsanoat» AJning 2019 yil 26 apreldagi 01-08/1118-son ma’lumotnomasi). Natijada 68 soat bijg‘itish davomida quvvati 10,3h% bo‘lgan brajka va undan spirt-rektifikat olish imkonini bergan;
tarkibida inulin saqlovchi xomashyodan etanol va undan suvsizlantirilgan etil spirti olish texnologiyasi «Qo‘qon spirt» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsharobsanoat» AJning 2019 yil 26 apreldagi 01-08/1118-son ma’lumotnomasi). Natijada topinambur xomashyosidan quvvati 99,5h% li suvsizlantirilgan etil spirti olish imkonini bergan;
topinambur va donli xomashyolardan etanol olish texnologiyasi «Bektemir spirt eksperimental zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsharobsanoat» AJ 2019 yil 26 apreldagi 01-08/1118-son ma’lumotnomasi). Natijada samaradorlik 0,2% ga oshish imkonini bergan.