Turemuratov Sharibay Naurizbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipsli, ohakli va ohakli-belitli dispers bog‘lovchilarini olinish va gidratli struktura hosil bo‘lish jarayonlarini mineral mikroto‘ldiruvchilar bilan boshqarishning kolloid-kimyoviy asoslari», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/K71.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Aminov Sobir Nigmatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Eminov Ashrap Mamurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston minerallari va mikroto‘ldiruvchilari asosida olingan dispersiyali bog‘lovchilarni gidratli struktura hosil bo‘lish jarayonlarini boshqarishning kolloid-kimyoviy usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CaSO4-MT-H2O, Sa(ON)2-MT-N2O va SaO-S2S-MT-N2O sistemalardagi gidratli struktura hosil bo‘lish jarayonlariga turli tabiatli va faollikka ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston mayda dispers mineral qo‘shimchalarning ta’sir etishi aniqlangan;
ilk bor sistemalarda normal va gidrotermal sharoitlarda ketadigan qotishda qattiq-suyuq fazaviy reaksiyalarda mineral hosil bo‘lish jarayonlarining ketma-ketligi aniqlangan;
gidratli struktura hosil bo‘lish jarayonlarini boshqarishning kolloid-kimyoviy usullari ishlab chiqilgan hamda turli suv-qattiq nisbatlarga ega bo‘lgan ularni suvli suspenziyalaridagi koagulyasion va kristallizatsiyali struktura xossalariga turli tabiatga ega bo‘lgan – kremniyli, karbonatli va gilli mayda dispersli to‘ldiruvchilar turlari va konsentratsiyalarini ta’siri aniqlangan;
pechda termik qayta ishlash va avtoklavda gidrotermal sharoitda yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan gipsli dispers sistemalar olingan;
yarimsuvli gips va angidridning gidratlanish va qotish jarayonini jadalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston mikroto‘ldiruvchilarni maqbul turlari (kvars va lyoss tuproq) va ularni miqdorlari aniqlangan;
dispers ohak gillarni termik qayta ishlash jarayonlari asoslangan hamda ularni qoniqtiradigan kolloid-kimyoviy va fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan qurilish materiallari va mahsulotlaridagi hosil bo‘layotgan birikmalarning avtoklavli qotishdagi fazaviy tarkibi va sharoitlari aniqlangan;
ilk bor normal va gidrotermal sharoitlarda mahalliy mineral to‘ldiruvchilar (angidrid, kal`siy karbonat) yordamida gidratli struktura hosil bo‘lish jarayonlarini boshqarish orqali Oqburli va Porlitau mergellari asosida olingan ohak-belitli bog‘lovchi dispersiyalarining fizik-mexanik xossalarini yaxshilash imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston gipsli va karbonatli minerallari asosida yuqori sifatli yangi materiallar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oqburli va Porlitau karbonat minerallari asosida ohakli-belitli bog‘lovchilar olish texnologiyasi «XORJ KURILIS» MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 01-07/01-1695-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonning ba’zi karbonatli minerallari asosida tannarxi 50% arzon bo‘lgan ohakli-belitli bog‘lovchilar olish imkonini bergan;
ohak va ohakli-belitli bog‘lovchilar asosida silikat materiallar olish texnologiyasi «Mintaqaviy mustaqil sertifikat markazi» TK eksperimental bazasida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 01-07/01-1695-son ma’lumotnomasi). Natijada ohak va ohakli-belitli bog‘lovchilar, barxan, chig‘onaqli va glaukonit qumlari asosida yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan silikat materiallar olish imkonini bergan;
avtoklavli qayta ishlangan, to‘la va kavakli silikat g‘isht olish texnologiyasi «QO‘ShKUPIR SILIKAT G‘IShT ZAVODI» MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 01-07/01-1695-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston mahalliy xomashyo va mineral to‘ldiruvchilari asosida yuqori fizik-mexanik va issiqlik o‘tkazmaydigan xossalarga ega bo‘lgan to‘la va kavakli silikat g‘ishtlar olish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston mahalliy gipsli minerallar asosida past haroratli gipsli bog‘lovchi va yuqori mustahkam gipsli bog‘lovchilar olish texnologiyasi «KNAUF GIPS BUXORO» MChJda amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 01-07/01-1695-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston mahalliy xomashyolari asosida tannarxi 35–40% arzon bo‘ladigan qurilish gipsi, va yuqori mustahkam gips bog‘lovchilarini olish imkonini bergan.