Saydaxmedov Axrorbek Igambredievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft` dispersion tizimlarining nazariyasi asosida mahalliy xomashyodan foydalanib, sifati yaxshilangan dizel` yonilg‘isining resurslarini oshirish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T104.
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Ulug Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` dispersion tizimlarining nazariyasi asosida mahalliy xomashyodan foydalanib, dizel` yonilg‘ilarni olish manbalarini kengaytirish va ularning ekspluatatsion va ekologik xossalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` dispersion tizimlarining nazariyasiga asoslanib, distillash neftga faollashtiruvchi qo‘shimcha sifatida 2% miqdorda bitum ishlab chiqarish otgoni qo‘shilganda, dizel` yonilg‘isining haqiqiy chiqishi hisoblangan chiqishga nisbatan 4% gacha, 15% miqdorda dizel` fraksiyasining gidrodesul`furizatsiyasi otgoni qo‘shilganda esa nisbatan 2,5% gacha ortishi aniqlangan;
bitum ishlab chiqarish va gidrodesul`furizatsiya jarayonlari otgonlarining neft` tarkibidagi optimal miqdorlarini aniqlash mezoni sifatida xomashyoning kinematik qovushqoqligini additivlik qoidasi bo‘yicha hisoblangan qovushqoqlikka nisbatan maksimal og‘ish ko‘rsatkichidan foydalanish mumkinligi asoslangan;
ilk bor fenol bilan tozalangan ikkinchi moy fraksiyasi ekstraktidan engil fraksiyalari ajratib olinib, ularni dizel` yonilg‘isining resurslarini 10% gacha ko‘paytirishga imkon beradigan qo‘shimcha komponentlar sifatida ishlatish usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor tarkibida chiziqli birikmalar va kislorod atomlari mavjud bo‘lgan kunjut yog‘i va uning asosida sintez qilingan murakkab metil va etil efirlari dizel` yonilg‘isining qo‘shimcha komponentlari sifatida mos ravijda 3% va 5% gacha qo‘shilganda dizel` yonilg‘isining setan soni ko‘rsatkichi 7 punktgacha yaxshilanishi hamda chiqindi gazlardagi zararli otqinlarni 25% gacha kamayishi aniqlangan;
kunjut yog‘ining murakkab metil va etil efirlari depressorlik qobiliyatga ega ekanligi, ularning qo‘shilishidan dizel` yonilg‘isining past haroratdagi barqarorligi oshishi, dizel` yonilg‘isining qotish harorati boshlang‘ich minus 11oS dan minus 22oS gacha pasayishi aniqlangan;
ilk bor dizel` yonilg‘isini chiqish miqdorini boshlang‘ich 28,3 dan 39% mas.gacha oshirish imkonini beradigan tarkibida modifikator sifatida 3% mas. miqdorida fenolli tozalash ekstrakti qo‘shilgan slanes smolasining dastlab gidrokonversiya qilish usuli ishlab chiqilgan;
slanes smolalaridan fenol fraksiyalarini ajratib olish usuli ishlab chiqilgan va ularni 0,01% miqdorda qo‘shilishi dizel` yonilg‘isining saqlanishida yuqori kimyoviy barqarorligi, oksidlanishga qarshi xossalari oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dizel` yonilg‘isini yanada chuqur olish imkonini beradigan neftni qayta ishlash texnologiyasini yaratish va dizel` yonilg‘isining resurslarini ko‘paytirish va xossalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bitum ishlab chiqarish otgonlarini jalb qilgan holda neftni qayta ishlash texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 25 iyuldagi 01-11-07-4023-son ma’lumotnomasi). Natijada dizel` yonilg‘isi ishlab chiqarish hajmini nisbatan 2% mas.gacha oshirish imkonini bergan;
amaldagi standart talablariga to‘liq javob beradigan tarkibiga kunjut yog‘i va kunjut yog‘ining murakkab metil va etil efirlari qo‘shilgan dizel` yonilg‘isi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 22 avgustdagi 26/2-353-son ma’lumotnomasi). Natijada dizel` yonilg‘isini olish uchun resurslarni kengaytirish va ularning ekspluatatsion hamda ekologik xossalarini yaxshilash imkonini bergan;
Sangruntau yonuvchi slaneslar smolasining katalitik qayta ishlash gidrogenizati va fenol ekstraktining katalitik qayta ishlash gidrogenizati qo‘shilgan dizel` yonilg‘isi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 22 avgustdagi 26/2-353-son ma’lumotnomasi). Natijada noan’anaviy xomashyodan dizel` yonilg‘isi uchun qo‘shimcha komponentlar olish imkonini bergan.