Vapoev Husnitdin Mirzoevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asetilen asosida vinil birikmalarini olish texnologiyasi, xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T237.
Ilmiy maslahatchi: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Maxsumov Abduhamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vinilxlorid, atsetilen spirtlari va diollari olish katalizatorlarini va texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alifatik va atsetilen spirtlarini atsetilen va fenilatsetilen bilan vinillash usullari ishlab chiqilgan;
atmosfera bosimida KON-dimetilsul`foksid katalizator ishtirokida butin-3-ol-2 va geksin-3-diol-2,5 larni atsetilen bilan gomogen va geterogen-katalitik usulda vinillash reaksiyasi aniqlangan;
alifatik, atsetilen spirtlari va vinil efirlari sintezining kinetik parametrlari aniqlangan;
butin-3-ol-2, geksin-3-diol-2,5 va ularning vinil efirlarini olishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ba’zi bir atsetilen spirtlari, diollari va ularning vinil efirlari, vinilxloridlarning kvant-kimyoviy va molekulyar-dinamik tuzilishi aniqlangan;
atsetilen va vodorod xloriddan organik va suvli muhitlarda vinilxloridni suyuq fazada sintez qilish uchun ko‘p komponentli katalizatorlar yaratilgan;
vinilxlorid, butin-3-ol-2, geksin-3-diol-2,5 va vinil efirlarini olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Butin-3-ol-2, geksin-3-diol-2,5 va ularning vinil efirlari, vinilxloridni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vinilxloridni olish uchun katalizatorga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga petenti olingan (№IAP 05571, 2018 y.). Natijada tayyorlangan katalizatorlar asosida vinilxlorid olish imkonini bergan;
atsetilen, vodorod xloriddan olinadigan mahsulot – vinilxlorid uchun texnologik reglament «O‘zkimyosanoat» AJ nizomining 67-bandiga asosan «Navoiyazot» AJ tomonidan tasdiqlangan («O‘zkimyosanoat» AJning 2014 yil 16 oktyabrdagi 114-son buyrug‘i). Natijada mahalliy xomashyolardan tayyorlangan katalizatorlar asosida vinilxlorid tannarxini arzonlashtirish va zaharliligini kamaytirish imkonini bergan;
defoliant sifatida geksin-3-diol-2,5 ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning 001 sexida amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2018 yil 12 apreldagi 210-son ma’lumotnomasi). Natijada atsetilen va atsetaldegiddan defoliant sifatida ishlatiladigan geksin-3-diol-2,5 ni ishlab chiqarish imkonini bergan;
butin-3-ol-2 metallar korroziyasining oldini olish uchun ingibitor sifatida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 7 oktyabrdagi 02-06-04/12787-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinayotgan metallar korroziyasiga qarshi ingibitorni almashtirish hisobiga 10% valyutani iqtisod qilish va metallar korroziyasi bardoshliligini 6% ga oshirish imkonini bergan;
butin-3-ol-2 va geksin-3-diol-2,5 preparatlari Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi fermer xo‘jaliklarida bug‘doy stimulyatori sifatida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 maydagi 02/023-218-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doyning «Grom» va «Vassa» navlari uchun butin-3-ol-2 va geksin-3-diol-2,5 stimulyatorlar mos ravishda hosildorlikni o‘rtacha 4,6 s/ga va 4,4 s/ga oshirish imkonini bergan.