Xamdamov Utkir Raxmatillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Telekommunikatsiya raqamli tizimlarida ko‘p o‘lchovli signallarga veyvlet funksiyalar yordamida parallel ishlov berish modellari va algoritmlari», 05.04.01–Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T171.
Ilmiy maslahatchi: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Tel`man Dadaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Abduqayumov Abdurashid Abduqayumovich, texnika fanlari doktori, professor; Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli telekommunikatsiya tizimlarining ishlash samaradorligini, tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi tovush signallari va tasvirlarga raqamli ishlov berish modellari, parallel algoritmlari hamda dasturlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
signallarga raqamli ishlov berish usullarini tadqiq qilish natijasida raqamli telekommunikatsiya tizimlarida foydalaniladigan bir va ikki o‘lchovli signallarni veyvlet o‘zgartirish usullari yaratilgan;
umumiy va taqsimlangan xotirali hisoblash tizimlari hamda geterogen va klasterli hisoblash tizimlari uchun signallarga raqamli ishlov berishning parallel dasturlash modellari ishlab chiqilgan;
kanallarning o‘tkazish qobiliyatini hisobga olgan holda tovush signallari, tasvirlarga raqamli ishlov beruvchi telekommunikatsiya tizimlarining uzatish va qabul qilish quyi tizimi modellari hamda strukturalari ishlab chiqilgan;
umumiy xotirali hisoblash tizimlarining bir va ikki o‘lchovli signallarga ko‘p oqimli parallel ishlov berish hamda ko‘p protsessorli, klasterli va grafik protsessorlar asosidagi geterogen hisoblash tizimlarining signallarga taqsimlangan parallel ishlov berish algoritmlari yaratilgan;
hisoblash klasterining ishlash samaradorligini hamda xotira va tarmoq resurslaridan foydalanish parametrlarini baholash uchun ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimi imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
raqamli telekommunikatsiya tizimlarida tovush signallari va tasvirlarni siqish hamda ularni tiklashning takomillashtirilgan veyvlet usuli va algoritmlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Telekommunikatsiya raqamli tizimlarida tovush signallari va tasvirlarga veyvlet funksiyalar yordamida parallel ishlov berish modellari va algoritmlarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
umumiy xotirali hisoblash tizimlari uchun parallel dasturlash modellari, bir o‘lchovli veyvlet o‘zgartirish sonli usuli hamda tovush signallarga ko‘p oqimli parallel ishlov berish algoritmi va dasturiy vositasi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” davlat unitar korxonasining teleradiosignallarga ishlov berish jarayonlariga tatbiq etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 27 sentyabrdagi 33-8/6743-son ma’lumotnomasi). Natijada aloqa kanallari orqali uzatiladigan ma’lumotlar hajmini chegara qiymatiga qarab 25–28 foiz kamaytirishga va hisoblash jarayoni vaqtini 3,6–3,7 marta qisqartirishga erishilgan;
taqsimlangan xotirali hisoblash tizimlari uchun parallel dasturlash modellari, ikki o‘lchovli veyvlet o‘zgartirish sonli usuli hamda tasvirlarga ko‘p protsessorli taqsimlangan ishlov berish algoritmi va dasturiy vositasi “O‘zbektelekom” AK “Axborot tizimlari” filialining “Video on Demand” xizmati audio-video axborotlariga ishlov berish jarayonlariga tatbiq etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 27 sentyabrdagi 33-8/6743-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning o‘tkazish qobiliyatiga qarab uzatiladigan ma’lumotlar hajmini 36–37,5 foiz kamaytirishga va hisoblash jarayoni vaqtini 3,0–3,3 marta qisqartirishga erishilgan;
geterogen hisoblash tizimlari uchun parallel dasturlash modellari, bir va ikki o‘lchovli veyvlet o‘zgartirish sonli usullari hamda grafik protsessorlarda signallarga parallel ishlov berish algoritmi va dasturiy vositasi “COSCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “MMS” va “Video chaqiruv” xizmatlari hisoblash jarayonlariga tatbiq etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 27 sentyabrdagi 33-8/6743-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning o‘tkazish qobiliyati va geterogen hisoblash tizimining xususiyatlariga qarab hisoblash jarayonlarini 4,6–5,9 marta tezlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish