Davronbekov Dilmurod Abdujalilovichning
fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Radiotexnik tizimlar elementlarining ishonchliligini ta’minlash tamoyillari va usullari», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tolaoptik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T306.
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Abdulaziz Muminovich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IQ raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02. 
Rasmiy opponentlar: Baxramov Sagdulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: radiotexnik tizimlar elementlari, radiotexnik tizimlardagi mikrokontrollerli boshqarish tizimlarining dasturiy ta’minoti, shuningdek radiotexnik tizimlarni ishonchliligini hisoblash va ta’minlash tamoyillari hamda samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yuqori integratsiya darajali integral mikrosxemalarning ishonchliligini bashoratlash bo‘yicha tavsiyalar va raqam-analog o‘zgartirgichlarning diagnostika qilish uslubi ishlab chiqilgan; 
murakkab radiotexnik tizimlarni tavsiflash tamoyillari va konsepsiyasi ifodalangan hamda murakkab radiotexnik tizimlarni bo‘lish usullari ishlab chiqilgan;
radiotexnik tizimlardagi mikrokontrollerli boshqarish tizimlarining dasturiy ta’minotining ishonchliligini hisoblash uslubi takomillashtirilgan hamda mikrokontrollerli boshqarish tizimlari va dasturiy ta’minotida rad etishlarning taqsimoti qonunlarining turli to‘plamlarida radiotexnik tizimlardagi mikrokontrollerli boshqarish tizimi dasturiy ta’minot kompleksining ishonchliligini hisoblash analitik ifodalari ishlab chiqilgan;
optik tolali aloqa liniyalari o‘tish spektral xarakteristikalarini chiziqlashtirish va modifikatsiyalangan optik kuchaytirgichlarning qo‘llanishi bilan optik tolali aloqa liniyalarining ishonchliligini oshirish tamoyillari va usullari ishlab chiqilgan;
GSM-900 standarti mobil` aloqa tizimlarining ishonchliligini hisoblashning analitik ifodalari va uslubi ishlab chiqilgan;
mobil` aloqa tizimlarida ishlatiladigan optik tolali aloqa liniyalari elementlarining ishonchliligi axborot parametrlari aniqlangan, optik tolaning yaxlitligi va SFP modullarning ishlash qobiliyatini diagnostika qilish uslubi va qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Radiotexnik tizimlar elementlarining ishonchliligini hisoblash, oshirish va ta’minlash usullari, optik tolali aloqa liniyalarining o‘tish spektral xarakteristikalarini chiziqlashtirish hamda modifikatsiyalangan optik kuchaytirgichlarning qo‘llanilishi asosida:
ishlab chiqilgan yuqori integratsiya darajasidagi integral mikrosxemalarning ishonchliligini bashoratlash bo‘yicha tavsiyalar va raqamli-analog o‘zgartirgichlarni diagnostika qilish uslubi, shakllantirilgan murakkab radiotexnik tizimlarni tavsiflash tamoyillari va konsepsiyasi, ishlab chiqilgan murakkab radiotexnik tizimlarni bo‘lish usullari «UNICON.UZ» DUKda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida va ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazishda, «Aloqaloyiha» DUKda raqamli-analog o‘zgartirgichlarni  diagnostika qilishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 10 sentyabrdagi 33-8/6299-son ma’lumotnomasi). Natijada bu hisoblash jarayoni vaqtini 8–10 martaga qisqartirishga imkon bergan;
takomillashtirilgan radiotexnik tizimlardagi mikrokontrollerli boshqarish tizimlarining dasturiy ta’minotining ishonchliligini hisoblash uslubi va ishlab chiqilgan mikrokontrollerli boshqarish tizimlari hamda dasturiy ta’minotda rad etishlarning taqsimoti qonunlarining turli to‘plamlarida radiotexnik tizimlardagi mikrokontrollerli boshqarish tizimi dasturiy ta’minot kompleksining ishonchliligini hisoblash analitik ifodalari «UNICON.UZ» DUKda, «Aloqaloyiha» DUKda radiotexnik tizimlardagi mikrokontrollerli boshqarish tizimlari dasturiy ta’minotning ishonchliligi asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 10 sentyabrdagi 33-8/6299-son ma’lumotnomasi). Natijada ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash aniqligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
“Aloqa uzatishda optotolali tizimlar spektral xarakteristikalarini optimallashtirish va tashislash qurilmasi” uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04465-2009 y.). Natijada chiziqlashtirishda 1,8–2,0 dB atrofidagi o‘rtacha yutuqni olishga imkon bergan, regeneratsion oraliqning uzunligini va optik tolali aloqa liniyalarining ishonchliligini oshirgan; 
“Faollashtirilgan optik tolalar yarim mahsulotini tayyorlash usuli” uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04944-2012 y.). Natijada boshqa teng sharoitlarda optik tolali aloqa liniya oralig‘ining rad etmasdan ishlash o‘rtacha vaqtini 7–8% ga va buzilmasdan ishlash ehtimolligini yiliga o‘rtacha 2,5–3% ga oshirgan;
ishlab chiqilgan GSM-900 standartdagi mobil` aloqa tizimining ishonchliligini hisoblashning analitik ifodalari va uslubi «UNICON.UZ» DUKda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida va ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishda,  «Aloqaloyiha» DUKda GSM-900 standartdagi mobil aloqa tizimining asosiy ishonchlilik ko‘rsatkichlari hisoblash va loyihalashda, «O‘zbektelekom» AK Uzmobile filialida asosiy ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun mobil` aloqa tarmoqlarini loyihalash va ishlatishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 10 sentyabrdagi 33-8/6299-son ma’lumotnomasi). Natijada bu hisoblash jarayonini 8–10 martaga qisqartirish imkonini bergan;
aniqlangan mobil` aloqa tizimlarida ishlatiladigan optik tolali aloqa liniya elementlarining ishonchliligi axborot parametrlari, ishlab chiqilgan optik tolaning yaxlitligi va  SFP modullarning ishlash qobiliyatini diagnostika qilish uslubi va qurilmasi “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKda telekommunikatsion tizimlarni loyihalash va ishlatish jarayoniga, «Aloqaloyiha» DUKda real aloqa tizimlarini loyihalashda optik tolali kabellar va SFP modullarni diagnostika qilish uchun, «O‘zbektelekom» AK Uzmobile  filialida asosiy ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun mobil aloqa tarmoqlarini loyihalash va ishlatish jarayoniga, «Uzneftgazaloqa» IChATB MChJda korxonaning loyihaviy ishlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 10 sentyabrdagi 33-8/6299-son ma’lumotnomasi). Natijada optik tolali aloqa liniya elementlari, optik tolaning yaxlitligi va  SFP modullarning ishlash qobiliyatini diagnostika qilish vaqti o‘rtacha 10–20% ga qisqargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish