Saidnazarova Irodaxon Saidnazar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soztuproq asosida yuqori sifatli qurilish g‘ishti ishlab chiqarishning energiyatejamkor texnologiyasi», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T877.
Ilmiy rahbar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Tulaganov Abduqobil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor; Sabirov Baxtiyar Toxtaevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: past sifatli mahalliy soztuproq va sanoat chiqindilari asosida yuqori sifatli qurilish g‘ishtini samarali tarkiblari va ularning energiyatejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«mahalliy soztuproq-gidromexanik usulda faollashtirilgan plastiklashgan bog‘lovchi-g‘isht toshqoli-koks kukuni» tizimdagi  faollashtirilgan plastiklashgan bog‘lovchining ta’sirini hisobga olgan holda strukturasi shakllanishining mexanizmi asoslangan;
mahalliy past sifatli soztuproq tarkibidagi mayda dispers qismini ajratib olish va uni mexanik faollashtirish natijasida xomashyoning texnologik va mineralogik xossalari o‘zgarishi aniqlangan; 
qurilish g‘ishti sopolagida faza va struktura hosil bo‘lishi jarayonining tezlashishiga komponentlar ta’siri ularning miqdorini hisobga olgan holda aniqlangan; 
mahalliy xomashyolar asosida qurilish g‘ishti olishning energiyatejamkor texnologiyasi struktura hosil qiladigan qo‘shimchalardan foydalanish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xorazm viloyati mahalliy xomashyo resruslarsidan foydalanishni ko‘zda tutuvchi g‘isht massalarning optimal tarkiblarini ishlab chiqish va yuqori sifatli g‘ishtlarni ishlab chiqarishning energiyatejamkor texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mahalliy xomashyolar asosida olingan optimal g‘isht tarkibi «DILSHODG`ISHTQURILISH» MChJ g‘isht zavodida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2019 yil 25 maydagi I0-2544-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sifatli g‘isht  ishlab chiqarish unumdorligini 10–15 % ga oshirishga imkon bergan; 
yuqori sifatli qurilish g‘ishtini olishning energiyatejamkor texnologiyasi «XIVA AXMAD-USTA» sho‘’ba korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2019 yil 25 maydagi I0-2544-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sifatli qurilish g‘ishti ishlab chiqarishda pishirish haroratini 50–100 0S ga pasaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini 10–15% ga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish