Erkinov Baxodir Narimanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta tozalash zavodlari elektrofil`trlar sistemasi elektr ta’minoti sxemasi parametrlarini asoslash va ishlab chiqish», 05.05.07– Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1329.
Ilmiy rahbar: Muzafarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ashiraf, texnika fanlari doktori, professor; Rosaboev Abdukodir To‘xtaqo‘zievich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash zavodlari texnologik jarayonlari va sexlardagi changli havoni tozalaydigan elektr fil`trlar sistemasida strimer shakldagi toj razryaddan foydalanib, elektr ta’minoti sxemasining parametrlarini asoslash va ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
davriy impul`s kuchlanishli mashina generator parametrlarini aniqlashning o‘xshashlik usuli ishlab chiqilgan;
changli havoni tozalaydigan elektrofil`trlar sistemasining texnologik razryad oralig‘idagi tokni boshqaruvchi qurilma yaratilgan;
paxta tozalash zavodlari elektrofil`trlar sistemasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda markazlashtirilgan elektr ta’minoti sxemasi asoslangan;
energo-informatsion model asosida elektrofil`trlar sistemasini boshqarishning parametrik struktura sxemasi ishlab chiqilgan va matematik modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tozalash zavodlari elektrofil`trlar sistemasining elektr ta’minoti sxemasi parametrlarini asoslash va ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
strimer shaklidagi toj razryad asosida ishlaydigan elektrofil`trlar sistemasining razryad oraliqlaridagi kuchlanishni boshqarish qurilmasiga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Gazlarni qattiq va suyuq aerozol zarrachalaridan tozalash usuli va qurilmasi», №IAP 04426–2011 y.). Natijada paxta tozalash zavodlari texnologik jarayonlarida chang chiquvchi manbalariga o‘rnatiladigan elektrofil`trlar sistemasida razryad tokini rostlash imkoni yaratilgan; 
paxta tozalash korxonalariga mo‘ljallangan chang tozalash qurilmalar sistemalarining loyihalari «PAXTAGIN KB» MChJda joriy etilgan («O‘ZPAXTASANOAT» AJning 2019 yil 10 iyuldagi 03-18/4198-son ma’lumotnomasi). Natijada elektrofil`trlar sistemasini elektr energiya bilan ta’minlaydigan 4 kVtli mashina generatorini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
yuqori samarador elektrofil`trlar sistemasi Jizzax viloyati Zarbdor paxta tozalash zavodida joriy etilgan («O‘ZPAXTASANOAT» AJning 2019 yil 10 iyuldagi 03-18/4198-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning ishlab chiqarish sexlaridagi changli havo miqdorini chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiya qiymatigacha kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish