Karimov Maxmud Raxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maxsar urug‘ini dastlabki tozalash mashinasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T213.
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi. DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor; Farmonov Erkin Tolipovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsar urug‘ini kam nobudgarchilik bilan begona aralashmalardan sifatli tozalab olishni ta’minlaydigan mashinani ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsar urug‘ini begona qo‘shilmalardan dastlabki tozalab oladigan mashinaning konstruksiyasi yaratilgan;
mashina bunkeridan urug‘li aralashmani so‘rish quvuriga bir tekisda me’yorlanib uzatilishini ta’minlash uchun ishchi sirti uyachali va uyachalari shaxmat tartibida joylashtirilgan ta’minlagich jo‘va ishlab chiqilgan;
ta’minlagich jo‘va aylanishlar soni va parametrlari mashinaning havo-g‘alvirli tozalash qismi ish unumini hisobga olgan holda aniqlangan;
maxsar urug‘li aralashmasining so‘rish quvuri ta’sir zonasigacha bo‘lgan va ta’sir zonasidagi hamda g‘alvir sirtidagi nisbiy harakatini hisobga olgan holda so‘rish quvurini o‘rnatilish masofasi va burchagi, urug‘larning g‘alvir ko‘zidan o‘tish sharti ishlab chiqilgan;
maxsar urug‘ini dastlabki tozalash mashinasi ishchi qismlarining maqbul parametrlari ularning ta’sirida urug‘ tozaligi va nobudgarchiligining o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maxsar urug‘ini dastlabki tozalash mashinasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maxsar urug‘ini dastlabki tozalash mashinasiga Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan («Urug‘ tozalash mashinasi», №FAP 01209-2017 y.). Natijada maxsar urug‘ini dastlabki tozalash uchun ish sifati yuqori, energiya-resurstejamkor urug‘ tozalash mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
maxsar urug‘ini dastlabki tozalash mashinasi Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 maydagi 02/023-326-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘ tozaligini 98,2–99,2 foizga oshirish va urug‘ nobudgarchiligini 0,03–0,05 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
maxsar urug‘ini dastlabki tozalash mashinasini o‘zlashtirish uchun loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 maydagi 02/023-326-son ma’lumotnomasi). Natijada gabarit o‘lchamlari kichik, metall va material hajmdorligi kam bo‘lgan maxsar urug‘ini dastlabki tozalash mashinasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.