Bayanov Ildar Nazipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori tezlikli elektr harakat tarkibi tok qabul qilgichi va kontakt tarmog‘ining o‘zaro ta’sirini tadqiq etish», 05.08.05–Temir yo‘llar harakat tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.PhD/T1030.
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.28.06.2018.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Muxammad Sheralievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: «O‘zbekenergo» AJ «Ilmiy-texnika markazi» MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarning tok qabul qilgichi va kontakt tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirining texnik echimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontakt tarmog‘ining faktik holatini axborot-hisobiy kompleksi yaratilgan o‘lchov-hisobiy struktura sxemasi sifatida ishlab chiqilgan;
160 dan 250 km/soat gacha bo‘lgan tezlikda kontakt osma simlar taranglik qiymatlarining sifatli tok olish mezonlariga ta’siri kontakt osma va tok qabul qilgich o‘zaro ta’sir tenglamasi yordamida aniqlangan;
kontakt osma simlarida to‘lqinli jarayonlarni hisoblash usullari ishlab chiqilgan va «tok qabul qilgich-kontakt osma» tizimidagi rezonansning vujudga kelish sabablari ishlab chiqilgan algoritm yordamida aniqlangan;
ortome’yorlangan funksiyalar to‘liq tizimi bo‘yicha yoyish funksiyasi yordamida kontakt osmada tarqaluvchi to‘lqinlar to‘plami xarakteristikasi aniqlangan;
kontakt osma simlarining me’yoriy tebranishi va turli tortish rejimlaridagi elektr yoy jarayonlarini aks ettiruvchi matematik modellar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr harakatlanuvchi tarkibning yuqori tezlikda harakatlanishida tok qabul qilgich va kontakt osmaning o‘zaro ta’siri texnik echimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
160 dan 250 km/s gacha bo‘lgan tezlikda kontakt osma simlar taranglik qiymatlarining sifatli tok olish mezonlariga ta’sirini aniqlovchi hisoblash usuli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufiga kiruvchi temir yo‘l liniyalariga tatbiq etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 22 avgustdagi NG/4853-19-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori tezlikdagi harakat ob’ektlari kontakt simining eyilishini 2 barobar kamaytirish imkonini yaratgan;
kontakt osma simlarining me’yoriy tebranishi va turli tortish rejimlaridagi elektr yoy jarayonlarini aks ettiruvchi matematik modellari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufiga kiruvchi Toshkent-Samarqand temir yo‘l liniyasiga tatbiq etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 22 avgustdagi NG/4853-19-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent-Samarqand temir yo‘l uchastkasida ma’lum o‘lchamli tok o‘tkazuvchi torlarni qo‘llash imkonini bergan;
yuqori tezlikdagi temir yo‘llar (kontakt tarmog‘i qurilmalari)ni elektrlashtirishda qurilish va montaj ishlari (VSN-446-N), yuqori tezlikdagi temir yo‘l kontakt tarmoqlari loyihalash (VSN-447-N), Tashkent-Samarqand yuqori tezlik temir yo‘l liniyalarining infrastrukturasini (VSN-448-N) ishlab chiqarish va qabul qilish bo‘yicha idoralarning qurilish texnik ko‘rsatmalar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufiga kiruvchi elektr ta’minot xizmatiga tatbiq etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 22 avgustdagi NG/4853-19-son ma’lumotnomasi). Natijada kontakt tarmog‘ining konsollarida polimer izolyatorlarini qo‘llash va uzluksiz ishlash vaqtini besh barobarga oshirish imkonini bergan.