Raximov Mexriddin Fazliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Spektral tahlilning parallel algoritmlarini ishlab chiqish va nutq signallari uchun dasturiy majmua yaratish», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1103.
Ilmiy rahbar: Kaxxarov Aloxon Abrarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xushvaqtov Saydulla Xolbazarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy xotirali ko‘p yadroli protsessorlar uchun signallarni boshlang‘ich fil`trlash va parametrik shaklda ifodalash uchun spektr tahlillashning tezkor algoritmlari va dasturiy majmuasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kirish signallarni dastlabki fil`trlashning takomillashgan parallelashtirish usuli yaratilgan va dasturiy vositasi ishlab chiqilgan;
spektr tahlilning instrumental vositalar va dasturlash muvofiqligini ta’minlash asosida tezkor algoritmlar yaratilgan va dasturiy vositasi ishlab chiqilgan;
protsessor yadrolar soniga yaqin tezkorlik qiymatiga erishish imkonini beruvchi ikki o‘lchovli signallarga (tasvirlar) raqamli ishlov berishning parallel usuli va algoritmi yaratilgan hamda dasturiy vositasi ishlab chiqilgan;
taklif etilgan parallel algoritmlar asosida raqamli ishlov berish vazifalarida nutq signallarini parametr shaklda ifodalashning hamda bir o‘lchovli va ikki o‘lchovli ishlov berishning parallel dasturlarini o‘z ichiga olgan dasturiy majmua yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Signallarga ishlov berishning parallel usullari, algoritmlari va dasturiy majmuasini yaratish asosida:
radioteleuzatish tizimlarida audio signallarga dastlabki fil`trlashning ko‘p yadroli markaziy va signal protsessorlari uchun mo‘ljallangan parallel algoritmlari va telekommunikatsiyaning real vaqtda ishlovchi tizimlarida audio signallarni spektr tahlillash asosida parametrik shaklda ifodalashning tezkor algoritmlari Qashqadaryo «Radio televideniya uzatish» markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 6 sentyabrdagi 33-8/6209-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan parallel algoritmlar va ishlab chiqilgan dasturiy majmuani radioteleuzatish tizimlarida amaliyotda qo‘llash orqali signallarga raqamli ishlov berishning apparat resurslardan foydalanish samaradorligini 15–25% ga oshirish imkonini bergan;
telekommunikatsiya sohasining IP-telefoniya xizmatida nutqiy signallarni spektr qiymatlarini va «Kepstr» koeffisientlarini tezkor hisoblashning parallel algoritmi va dasturi hamda audio aloqa tarmoqlarida real vaqt tizimlarida nutqiy signallarning akustik parametrlarini aniqlash va fonetik xususiyatlarini ajratib olishning parallel algoritmi va dasturi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Sirdaryo filialida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 6 sentyabrdagi 33-8/6209-son ma’lumotnomasi). Natijada telekommunikatsiya tizimlarida hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan hisoblash algoritmlariga nisbatan taklif qilingan va ishlab chiqilgan parallel algoritmlar, usullar va dasturiy majmuani amaliyotga qo‘llashda ish samaradorligini oshirish imkonini bergan.