Raximov Shavkat Turdimurotovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat chiqindilari asosidagi to‘lg‘azuvchi qorishmalarning optimal tarkibini ishlab chiqish, fizik-texnik xususiyatlari, uzoq muddatga chidamliligi va samaradorligini tadqiq etish», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T534.
Ilmiy rahbar: Gaziev Uchqun Abdullaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Turgunbaev Urunbek Jamolovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat chiqindilari, portlandsement va superplastifikatordan foydalanib olingan to‘lg‘azuvchi qorishmalarning  tarkibini optimallashtirish, strukturasining shakllanishini, xususiyatlarini va samaradorligini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«portlandsement, uchuvchan kul, bo‘sh tog‘ jinslari asosidagi qum, superplastifikator va suv» tizimida superplastifikatorning ta’sirini hisobga olgan holda struktura hosil bo‘lish mexanizmi aniqlangan;
orqali to‘lg‘azuvchi qorishmalarning fizik-mexanik xususiyatlari superplastifikatorning ta’siri hisobiga oshirilgan va uzoq muddatga chidamliligi ta’minlangan;  
to‘lg‘azuvchi qorishmalarning mustahkamligini uning tashkil etuvchilari miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;
ilk bor to‘lg‘azuvchi qorishmalarning mis eritish toshqoli va bo‘sh tog‘ jinsi qumlaridan foydalanilgan yangi tarkiblari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sanoat chiqindilari asosidagi to‘lg‘azuvchi qorishmalarning optimal tarkibini ishlab chiqish, fizik-texnik xususiyatlari, uzoq muddatga chidamliligi va samaradorligini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
portlandsement, mis eritish toshqoli, uchuvchan kul, bo‘sh tog‘ jinsi qumi, marmar chiqindisi va superplastifikator asosidagi to‘lg‘azuvchi qorishmalarning ishlab chiqilgan tarkibi, uni tayyorlash va joylash texnologiyasi «Kaul`di» konida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 31 maydagi 3931/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘lg‘azuvchi qorishmaning  mexanik mustahkamligini 1,5–5,9 MPa dan 3,17–8,94 MPa gacha oshirish, qorishmaning harakatchanligini P1 dan P5 gacha oshirish, suvga talabchanligini 10–12% gacha kamaytirish, qorishmalarni quvurlarda jo‘natishni tezlashtirish, sement sarfini 20% gacha qisqartirish imkonini bergan;
bo‘sh tog‘ jinslari asosidagi qum, portlandsement va superplastifikatordan iborat to‘lg‘azuvchi qorishmalarning tarkibi «TO‘PALANG HPD PLATINUM» MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 31 maydagi 3931/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘lg‘azuvchi qorishmaning suvga talabchanligini 10–12% gacha kamaytirishga, qotgan qorishma mustahkamligini 20–25% oshirishga, qorishmaning harakatchanligini P1 dan P5 gacha oshirishga va sement sarfini 15–20% ga qisqartirishga erishilgan;
«Berilgan xususiyatga ega bo‘lgan to‘lg‘azuvchi qorishma tarkibini hisoblash» kompyuter dasturi AJ «GIDROPROEKT» loyihalash institutida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 31 maydagi 3931/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘lg‘azuvchi qorishmaning suvga talabchanligini 15% ga kamaytirishga, qotgan qorishmaning mustahkamligini 20–25% ga oshirishga va sement sarfini 20% gacha qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish