Normatov Sherbek Baxtiyorovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korporativ axborot-kutubxona tarmoqlari axborot xavfsizligini baholashning usullari, algoritmlari va dasturiy kompleksi», 05.01.05–Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T450.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Kuryazov Davlatyor Matyakubovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korporativ axborot-kutubxona tarmoqlarida ilmiy-texnik va ta’limga oid resurslar xavfsizligini baholashning usullari, algoritmlari va dasturiy kompleksini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
axborot xavfsizligini baholashning xususiy noravshan moslik modeli ishlab chiqilgan;
ilmiy-texnik va ta’limga oid resurslar muhimliligini baholash usuli ishlab chiqilgan;
axborot xavfsizligini ta’minlash choralari ustuvorligini aniqlash hamda axborot kutubxona muassasasi xavfsizligini baholash algoritmlari ishlab chiqilgan;
taklif etilgan usullar, algoritmlar va ma’lumotlar bazasini loyihalashning infologik modeli asosida axborot-kutubxona tarmoqlarining ilmiy-texnik va ta’limga oid resurslari xavfsizligini baholash dasturiy kompleksi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Axborot xavfsizligini baholashning usullari, algoritmlari va dasturiy kompleksini yaratish asosida:
kutubxona axborot resurslari qiymatini baholash usuli Qirg‘iziston jismoniy madaniyat va sport davlat akademiyasi, Bishkek gumanitar universitetida va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 01-12-10-2795-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kutubxonadagi mavjud resurslar muhimliligining bahosi «1 vazn bilan ahamiyatli»; «0.17 vazn bilan muhim» ekanligi aniqlanib, resurslarni ratsional himoyalash bo‘yicha 3 ta tavsiya ishlab chiqilgan hamda ishlab chiqilgan usul asosida axborot resurslarini himoyalash choralarini tanlash jarayonida samaradorlikni oshirish bo‘yicha echimlar qabul qilingan. 
korporativ axborot-kutubxona tarmog‘i axborot xavfsizligini ta’minlash choralari muhimliligini aniqlash va axborot kutubxona muassasasi xavfsizligini baholash algoritmlariga asoslangan eLibIS dasturiy kompleksi Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida qo‘llanilgan (Madaniyat vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 01-12-10-2795-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kutubxonadagi mavjud resurslar muhimliligi «0.25 vazn bilan kam ahamiyatli»; «0.2 vazn bilan ahamiyatli» ekanligi aniqlangan hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq 3 ta himoya chorasi etishmasligi aniqlanib, resurslarni ratsional himoyalash bo‘yicha 4 ta tavsiya ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish