Maxamataliev Irkin Muminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan betonlarning strukturasi va xossalarini strukturali-imitatsiyali modellashtirish uslublari bilan tadqiqot qilishning  nazariy va metodologik asoslari», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T234.
Ilmiy maslahatchi: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarkand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc 27.06.2017. T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Tulaganov Abduqobil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor; Erofeev Vladimir Trofimovich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya); Abdusattarov Abdusamat, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mineral mikroto‘ldirgich va plastifikatsiyalovchi kimyoviy qo‘shimchadan iborat organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan betonlar tarkibi va strukturasini mikro- va makrodarajalarda matematik va strukturali-imitatsiyali modellashtirishning zamonaviy uslublaridan foydalanib, optimal loyihalash usulini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan betonlar tarkibini loyihalashning ishlab chiqilgan usullari asosida kompozision qurilish materiallari polistrukturali nazariyasining metodologik prinsiplari takomillashtirilgan;
organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan betonlarning sifat jihatidan tarkibini aniqlash uchun mineral mikroto‘ldirgichlar va plastifikatsiyalovchi kimyoviy qo‘shimchalarni ilmiy asoslangan holda tanlash usuli ishlab chiqilgan;
matematik va strukturali-imitatsiyali modellashtirish uslublaridan foydalangan xolda organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan betonlarning tarkibi, mikro- va makrostrukturasini optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor mahalliy materiallar va mineral xomashyo resurslari asosida organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan beton qorishmasining tarkibi ishlab chiqilgan;
ilk bor yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan betonlarni olish imkonini beruvchi beton qorishmasini tayyorlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Modifikatsiyalangan betonlarni strukturali-imitatsiyali modellashtirish usuli bilan strukturasi va xossalarini tadqiqot qilishning nazariy va metodologik asoslarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
seolitli tog‘ jinsi va GLENIUM SKI 504 superplastifikatori  asosida olingan organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan betonlarning optimal tarkiblari «BINOKOR TEMIRBETON SERVIS» MChJ QKda yig‘ma beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 12 avgustdagi N/4715-19-son ma’lumotnomasi). Natijada sement sarfini 1,4 marta kamaytirish, mustahkamlikni 12–20%ga, muzlashga chidamlilikni 1,5–2 barobar, suv o‘tkazmaslikni esa bir markaga oshirish imkoni yaratilgan;
organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan betonlarning  tarkibi va mikrostrukturasini optimallashtirish usuli «BINOKOR TEMIRBETON SERVIS» MChJ QKda betonlarning ishchi tarkiblarini optimal loyihalashda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 12 avgustdagi N/4715-19-son ma’lumotnomasi). Natijada V15–V40 sinfli betonlarning optimal tarkiblarini aniqlash  vaqti, material va mehnat sarflarini 20% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan betonlarning  tarkibi va makrostrukturasini optimallashtirish usuli «BINOKOR TEMIRBETON SERVIS» MChJ QKda betonlarning ishchi tarkiblarini optimal loyihalashda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 12 avgustdagi N/4715-19-son ma’lumotnomasi). Natijada V15–V40 sinfli betonlarning optimal tarkiblarini aniqlash  vaqti, material va mehnat sarflarini 20% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
organomineral qo‘shimchali kompleks modifikatsiyalangan beton qorishmasining yangi tarkibi va temirbeton konstruksiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha “Texnologik instruksiya”lar «BINOKOR TEMIRBETON SERVIS» MChJ QKda joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 12 avgustdagi N/4715-19-son ma’lumotnomasi; “Beton qorishmasi” №IAP 05771, 15.02.2019). Natijada mahsulotning tannarxini 12–15 % ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
beton qorishmasini tayyorlashning yangi usuli «BINOKOR TEMIRBETON SERVIS» QK MChJ korxonasida joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 12 avgustdagi N/4715-19-sonli ma’lumotnomasi; “Beton qorishmasini tayyorlash usuli” IAP 05772, 15.02.2019). Natijada 1275 mln. so‘mlik iqtisodiy samara olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish