Raximov Sherzod Abduvaxobjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gruntli to‘g‘onlardagi noturg‘un fil`tratsiyani nazariy va eksperimental tadqiq qilish», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1231.
Ilmiy rahbar: Fayziev Xomitxon, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Raxmatov Norqobil Raxmatovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gruntli to‘g‘on tanasi va zamini va suv ombori qirg‘og‘idagi noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash usulini takomillashtirish va noturg‘un fil`tratsiyani to‘g‘on qiyaligi turg‘unligiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gruntli to‘g‘onlarning drenajlanmagan va drenajlangan yuqori prizmasida va qirg‘oq massivida noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash usullari chekli ayirmalar usulida takomillashtirilgan;
yuqori b`efdagi suv satxining pasayish tezligini, to‘g‘on tanasi, zamini va qirg‘oq massivi gruntining fil`tratsiya koeffisientini depressiya egri chizig‘i holatiga va fil`tratsiya oqim parametrlariga ta’siri asoslangan;
to‘g‘on yuqori qiyaligi turg‘unligini hisoblash usuli noturg‘un fil`tratsiyani inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
noturg‘un fil`tratsiyada to‘g‘on yuqori qiyaligi turg‘unligini ta’minlovchi drenaj qurilmalarining konstruktiv echimlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gruntli to‘g‘onlarda noturg‘un fil`tratsiyani nazariy va eksperimental tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gruntli to‘g‘onlarda va qirg‘oq massivida noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashning takomillashgan usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “UZGIP” MChJ loyiha instituti tomonidan Sardoba suv ombori gruntli to‘g‘oni tanasi va zaminidagi noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 maydagi 02/25-1853-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dastur va algoritmlar gruntli to‘g‘onlardagi noturg‘un fil`tratsiyani suv omboridan foydalanish rejimini hisobga olib hisoblash va gruntli to‘g‘on yuqori qiyaligi turg‘unligini aniqlash imkonini bergan, shuningdek gruntli to‘g‘onlarda noturg‘un fil`tratsiyani hisoblash vaqti kamaygan va gruntli to‘g‘onlarni ishonchliligi va xavfsizligini baholash aniqligi ortgan;
yuqori b`efdagi suv satxining pasayish tezligini, to‘g‘on tanasi, zamini va qirg‘oq massivi grunti fil`tratsiya koeffisientini depressiya egri chizig‘i holatiga va fil`tratsiya oqim parametrlariga ta’siri Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Rezaksoy suv ombori gruntli to‘g‘onidagi noturg‘un fil`tratsiyani hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 maydagi 02/25-1853-son ma’lumotnomasi). Natijada gruntli to‘g‘onlardagi noturg‘un fil`tratsiya oqimi parametrlarini to‘g‘on yuqori qiyaligi turg‘unligiga ta’sirini baholash aniqligi ortgan;
noturg‘un fil`tratsiyada to‘g‘on qiyaligi turg‘unligini ta’minlovchi drenaj konstruksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “UZGIP” MChJ loyiha instituti tomonidan Sardoba suv ombori gruntli to‘g‘onida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 maydagi 02/25-1853-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyalik turg‘unligini ta’minlovchi samarali drenaj konstruksiyalarni qo‘llash gruntli to‘g‘on yuqori qiyaligi kerakli mustahkamligi va turg‘unligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.