Mirzaaxmedov Anvarjon Tursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy ekadigan yoysimon pichoqli ekkichning parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1204.
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy ekadigan yoysimon pichoqli ekkichning konstruksiyasini yaratish va uning agrotexnika talablari darajasidagi ish sifatini va kam energiya sarfini ta’minlaydigan parametrlarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘zapoyali dalalarga kuzgi bug‘doy urug‘ini belgilangan chuqurlikda sifatli ekilishini ta’minlaydigan yoysimon pichoqli ekkichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
g‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy ekadigan seyalka yoysimon pichoqli ekkichining parametrlari ekkichning tuproq va o‘simlik koldiqlari bilan ta’sirlashish jarayonini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
yoysimon pichoqli ekkichlar seksiyasining belgilangan chuqurlikda bir tekis harakatlanishi uning parallelogramm mexanizm og‘irlik kuchiga bog‘liqligini hisobga olgan holda asoslangan;
g‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy ekish uchun yoysimon ekkichning maqbul parametrlari uning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy ekadigan yoysimon pichoqli ekkichning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy urug‘ini ekadigan yoysimon pichoqli ekkichga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Ekkich», №FAP 00702-2012 y.). Natijada g‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy urug‘ini ekadigan seyalka konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
yoysimon pichoqli ekkichlar bilan jihozlangan seyalka Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi fermer xo‘jaliklari va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tajriba xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 02/23-262-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy ekishda mavjud ekish vositalariga nisbatan yonilg‘i sarfini 9,0 foizgacha va foydalanishdagi xarajatlarni 7,3 foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
g‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy urug‘ini belgilangan chuqurlikda sifatli ekadigan yoysimon pichoqli ekkich Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 02/23-262-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘ning unuvchanligini 13 foizga va bug‘doyning hosildorligini 10 s/ga oshirishga erishilgan;
yoysimon pichoqli ekkichlar bilan jihozlangan seyalkani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 02/23-262-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zapoyali dalalarga bug‘doy urug‘i ekadigan yoysimon pichoqli ekkichlar bilan jihozlangan seyalkaning ish unumini oshirish va urug‘lar sarfini kamaytirish imkoni yaratilgan.