Yusupalixodjaeva Saodat Xamidullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozini etiopatogenetik davosini takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib346.
Ilmiy maslahatchi: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kopbaeva Mayra Taytoleuovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Amxadova Malkan Abdrashidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Xabilov Nigmon Lukmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Uzoq Sharq davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i kandidozini etiopatogenetik tashxislashni va samarali davolash majmuini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik belgilar majmuasi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati epiteliysida mikologik invaziyaning bosqichlarini qamrab olgan kasallikni tashxislash va klinik kechish og‘irligini ballarda baholash mezonlari asosida sezuvchanligining yuqoriligi, maxsusligining oshishi hamda tashxis aniqligining davolashdan keyingi nisbiy tengligi isbotlangan;
Candida zamburug‘larining adgezivlik, antilizotsim va antilaktoferrin omillari og‘iz bo‘shlig‘i kandidozida ularning etiologik ahamiyatini, umumiy stomatologik kasalliklar tuzilmasida uchrash davomiyligi, klinik ko‘rinishlarning xususiyatlari tavsifida asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i kandidozida bemorlar eritrotsitlariga nisbatan etiologik ahamiyatli shtammlarning adgeziv xususiyatlari kasallikning og‘irligi, eritrotsitlar membranasi turg‘unligining pasayishi va qon plazmasi zaharli potensialining o‘sishi bilan asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i kandidozida og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligi va qon zardobidagi proteoliz jarayonlarining o‘sishi, lipoperoksikatsiya mahsulotlari konsentratsiyasining ortishi, sitokinlar muvozanatining yallig‘lanish oldi markerlari tomoniga siljishi kasallikning og‘irlik darajasi va Candida zamburug‘ining etiologik ahamiyatli turg‘un tavsif kattaliklari bilan uyg‘un holatda bo‘lishi isbotlangan;
sitokinlar disbalansi LPO jaryonlarini faollashtirish va AOT fermentlari faolligining pasayishi, proteoliz jarayonlarining o‘sishi, eritrotsitar membranalar adgeziv turg‘unligining pasayishi va og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi klinik kechishining og‘irligi og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi bilan qon plazmasi zaharli potensialining ortishi o‘rtasidagi o‘zaro patogenetik aloqa o‘rnatilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozini etiopatogenetik davosini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kasallikning og‘irlik indeksi bo‘yicha og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini kandidozli shikastlanishining kechish og‘irligini klinik baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 apreldagi 8n-d/153-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miqdoriy ko‘rsatkichlarni qo‘llash bilan kasallik kechishi og‘irligini ob’ektivlashtirish, ular klinik ko‘rinishlar og‘irligiga mos holda davolashni mayda qismlarga bo‘lib o‘rganish va zaruriy tashxislash darajasini maqbullashtirish, shuningdek OBShQ OBKda davolash natijalarini miqdoriy baholash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozini tashxislashning patogenetik tomonlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 apreldagi 8n-d/153-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozining etiologiyasi, patogenezi, tashxisoti va klinik kechishi samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozini kompleks davolash samaradorligini oshirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 apreldagi 8n-d/153-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozidagi etiopatogenetik davolashni takomillashtirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozining etiopatogenetik davosini takomillashtirish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi stomatologik poliklinikaning, Andijon viloyat stomatologik poliklinikasi hamda MChJ “Klassik dental lyuks” stomatologiya klinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 apreldagi 8n-d/153-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar OBShQ OBKni davolash muddatlarini qisqartirish va samaradorligini oshirish imkonini bergan.