Tuksanova Dilbar Ismatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiyani tashxislashda yurak ichi, markaziy va regionar qon aylanishining zamonaviy jihatlari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya va 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib187.
Ilmiy maslahatchilar: Najmutdinova Dilbar Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.Tib.29.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharifkanova Magrifa Nematkanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Moskva akusherlik va ginekologiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollarda preeklampsiya bilan asoratlanishni erta tashxislash, perinatal yo‘qotishlarni kamaytirishda yurak ichi, markaziy va regionar gemodinamika monitoringining zamonaviy mezonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda gomeostaz, kardio va markaziy gemodinamika, organ va regionar qon oqimi ko‘rsatkichlarining kompleks monitoringi hamda gestatsiya davrida homiladorligi fiziologik kechayotgan ayollarda yurak ichi gemodinamikasi qon aylanish tizimining faollashganligi isbotlangan; 
preeklampsiyaning o‘ziga xos xavf omillarini aniqlashda, yurak ichi gemodinamika xususiyatlarini tavsiflovchi (chap qorincha miokard massasi, chap qorincha orqa devori qalinligi, qorinchalararo to‘siq qalinligi, oxirgi sistolik o‘lcham, oxirgi diastolik o‘lcham, disproporsionallik koeffisienti), umumiy periferik tomir qarshiligining oshishi va haydalish fraksiyasining kamayishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar va metabolik markerlar (mikroalbimunuriya)ning laborator ko‘rsatkichlari aniqlangan; 
engil preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda, normal kechadigan homiladorlikka xos fiziologik gipervolemiya bo‘lmaganda yurak mushaklari remodulyasiyasi asosan patologik omillarga vazospazm, arterial gipertenziyaga bog‘liq bo‘lishi, og‘ir PEda umumiylashgan vazospazm onaning barcha organlari va tizimlarida qon oqimi yomonlashuvi areterial gipertenziya orqali namoyon bo‘lishi asoslab berilgan;
preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda markaziy, kardio va regionar gemodinamikadagi o‘zgarishlar zamirida homilaning ona ichida rivojlanmay qolishi hamda perinatal patologiyalarni keltirib chiqarishi aniqlangan;
preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda zarb indeksining kamayishi, jigar, buyrak arteriyalarining rezistentlik indeksining ortishi, bachadon va homila –yo‘ldosh qon oqimining yomonlashuvi yurak geometriyasining konsentrik turi ekanligi va tezkor tug‘ruq uchun ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlangan; 
yurak geometriyasining konsentrik va ekssentrik turining shakllanishi chap qorincha miokard massasi (ChQMM), devorning nisbiy qalinligi (DNQ) va qonda mikroalbimunuriya (MAU)ning ortishi kardiogemodinamikaning buzilishiga, homiladorlik va tug‘ruqning salbiy oqibatlariga olib kelishiga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Preeklampsiyani tashxislashda yurak ichi markaziy va regionar qon aylanishning zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Preeklampsiya va homiladorlarda gipertenziv buzilishlar» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 1 dekabrdagi 8m/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma preeklampsiya va homiladorlik davrida yuzaga keladigan gipertenziv buzilishlarni erta tashxislash va tug‘ruq rejasini to‘g‘ri tanlash imkonini bergan;
«Preeklampsiya tashxisot algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 apreldagi 8n-d/154-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma preeklampsiya tashxislangan bemor ayollarda kasallikni erta tashxislash algoritmining ketma-ketligi mezonlar asosida tashxislash imkonini bergan;
«Markaziy va yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlaridan foydalanib, preeklampsiyaning erta algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 apreldagi 8n-d/155-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma preeklampsiyani tashxislashda markaziy va yurak ichi gemodinamik parametrlar asosida preeklampsiyaning klinik belgilari yuzaga kelishidan oldin tashxislash, homiladorlikni ijobiy kechishi imkonini bergan;
preeklampsiyani tashxislashda yurak ichi markaziy va regionar qon aylanishning zamonaviy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining akusherlik bo‘limi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 maydagi 8n-z/66-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi preeklampsiya bilan asoratlangan homiladorlarni tashxislash va davolash, davolashga bo‘lgan iqtisodiy zararlarni qisqartirish va bemorlar hayot sifatini oshirish, perinatal asoratlar va onalar o‘limini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish