Karabaeva Indira Tashpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Klinik va immunobioximik izlanishlar asosida zooantroponoz mikrosporiyaning davo usullarini ishlab chiqish», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib66.
Ilmiy rahbar: Abidova Zura Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Guli Amindjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik va immunobiokimyoviy izlanishlar asosida zooantroponoz mikrosporiyaning davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar mikrosporiyasining atipik va disseminirlangan shakllari keng tarqalishida Microsporum canis zamburug‘i Microsporum ferrugineum va Microsporum gypseum zamburug‘lariga nisbatan mutlaqo yetakchiligi asoslangan;
ilk bor mikrosporiyali bemorlar endogen zaharlanishida EShQ va O‘MP miqdorining ortishi kasallik kechishining uzoq muddat davom etishi va atipik shakllari paydo bo‘lishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
mikrosporiyali bolalar immunologik mexanizmida hujayraviy immunitet (CD3, CD4, CD8) ko‘rsatkichlari miqdorining ishonarli kamayishi va gumoral immunitet ko‘rsatkichlari (CD20, IgG) miqdorining keskin ortishi bilan kechuvchi immun tizimidagi nomutanosiblik bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor mikrosporiyali bemorlarda yallig‘lanishga xos sitokinlar (IL-1, IL 2, IL 6, IL 8) miqdorining ortishi bilan, yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL 4) miqdorining kamayishi bilan kechuvchi immunitet holatidagi turg‘unlikning buzilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klinik va immunobioximik izlanishlar asosida zooantroponoz mikrosporiyaning davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mikrosporiya: klinikasi, tashxislash, davolash va profilaktikasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 oktyabrdagi 8n-d/227-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma mikrosporiyani erta tashxislash, rivojlanishining asosiy omillarini aniqlash, o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlash va kasallikning oldini olishga xizmat qilgan;
klinik va immunobiokimyoviy izlanishlar aosida zooantroponoz mikrosporiyaning davolashni takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent viloyati teri-tanosil dispanseri amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 yanvardagi 8n-z/2-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar zooantroponoz mikrosporiya bilan kasallangan bolalarda tashxislash va yangi immunokorregirlovchi davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallikni asoratlari rivojlanishini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkoniyat yaratgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish