Talipova Yulduz Shavkatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli yoshdagi ayollarda arterial gipertoniyaning kechish xususiyatlari va davolash rejasini takomillashtirish», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib274.
Ilmiy maslahatchi: Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djabbarova Yulduz Kasimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamedov Mexman Niyazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi ayollarda arterial gipertoniya kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini, jumladan, homiladorlik fonida yurak-qon tomir tizimida klinik va tizimli-funksional o‘zgarishlarni baholash asosida erta tashxis qo‘yish, davolash va asoratlarning oldini olish yondashuvlarini takomillashtirish uchun takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv yoshdagi va postmenopauza davrdagi ayollarda arterial gipertoniya shakllanishida gestatsion gipertoniyaning patogenetik roli aniqlangan;
preeklampsiya/ eklampsiya rivojlanishida gestatsiyaning birinchi haftasidan ABning yuqori variabelligi, III trimestrida esa chap qorincha miokard massasining oshishi va uning konsentrik remodellashuvi hamda chap qorincha diastolik disfunksiyasining patogenetik ahamiyati aniqlangan;
reproduktiv yoshdagi va postmenopauza davrdagi ayollarda nishon a’zolarning jarohatlanishiga gestatsion gipertoniyaning assotsiatsiyalashgan klinik holatlarning keltirib chiqarish xavfini oshirishi isbotlangan;
AGli homilador ayollarda gestatsiyaning ilk haftalaridan ABning oshishi, uning sutkalik variabelligi, homiladorlikning ikkinchi yarmidan esa nishon a’zolarning (yurak chap qorincha konsentrik gipertrofiyasi, qon tomirlar endoteliy disfunksiyasi, koptokcha fil`tratsiyasining tezligini pasayishi) jarohatlanishi preeklampsiya va homilaning gipoksiya, gipotrofiya holatlariga olib keladigan mezonlari sifatida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli yoshdagi ayollarda arterial gipertoniyaning kechishini va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ayollar klimakteriyasida o‘rin bosuvchi gormonal terapiyasi: optimal preparatni tanlash nazariyasi va amaliyoti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 yanvardagi 8n-d/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma AG erta tashxisotini optimallashtirish, ayollarning turli yosh guruhlarida hayot uchun xavf soluvchi asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
«Homilador ayollarning yurak ritmining buzilishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 yanvardagi 8n-d/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma AG erta tashxisotini optimallashtirish, ayollarning turli yosh guruhlarida hayot uchun xavf soluvchi asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
AGning turli yoshdagi ayollarda klinik-prognoz mezonlarni va turli oqibatlar darajasini baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qibray tumanining ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Qibray tibbiyot birlashmasining 26-qishloq oilaviy poliklinikasi, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani tibbiyot birlashmasi; Toshkent shahri 5-son tug‘ruq majmuasi hamda 5-son klinik kasalxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali, 2-son Respublika klinik shifoxonasida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 yanvardagi 8n-d/15-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar AGerta tashxislash, kasallikning klinik kechishini, hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish, qo‘llaniladigan samarali davolash va profilaktika usullarni optimallashtirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.