Iskandarov Aziz Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida band bo‘lgan ayollarning mehnat gigienasi, kasbiy tahlikasi va ular organizmining funksional holati hamda profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib879.
Ilmiy rahbar: Slavinskaya Natal`ya Viktorovna, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Islom Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida kasbiy tahlika darajasini va ayollar organizmining funksional holati dinamikasiga ishlab chiqarish omillari nojo‘ya ta’sirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori darajali shovqin va changning ishlash qobiliyati (r = 0,64) va faolligi (r = 0,42)ning pasayishi, his qilishi (r = 1,0), kayfiyat (r = 0,47 )ning buzilishi, yoritilganlikning esa ishlash (r = 0,79) qobiliyatiga, his qilish (r = 0,98)ga, ish samardorligi (r = 0,2) va kayfiyati (r = 0,25) korrelyasion bog‘liqlik mezonlari asoslangan;
trikotaj ishlab chiqarish korxonalaridagi noqulay mikroiqlim sharoitlarini ayollarda kasbiy kasalliklarning rivojlanishi, kasbiy tahlika darajasi to‘quv dastgohlarining operatorlari va tikuvchi-motoristkalarda mehnat sharoitining 3-sinf 3-darajasi (3.3), bo‘yash, pardozlash, bichish, dazmollash va kashta tikuv sexlari ayollarida 3-sinf 2-darajasi (3.2.) mansubligi isbotlangan;
trikotaj korxonalari to‘quvchilarda changga bog‘liq allergik kasalliklar, tikuvchi-motorist va dazmollash kasbida elka kamari mushaklarining o‘tkir va surunkali miopatiyasi, to‘quvchi, bo‘yoqchi, bichuvchi, siquv mashinasi operatorlari, dazmollash va kashta tikuvchi ayollarning oyoq venalarining varikoz kengayishi oqibatida kasbiy tahlikasi ehtimoli mavjudligi isbotlangan;
trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida mehnat operatsiyalarining bajarilishi ayollar organizmidagi turli tizimlarning funksional holati ko‘rsatkichlarida nojo‘ya siljishlarni keltirib chiqarishi hamda siljishlar yilning issiq davrida kuchayishi uchinchi sinf birinchi xavflilik darajasidan ortib ketishi isbotlangan;
trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitini sog‘lomlashtirish, mehnat va dam olish tartibini oqilona tashkil qilish, ishlab chiqarish omillariga bog‘liq kasbiy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ayollar salomatlik holatini mustahkamlash va kasbiy xavf omillari tahlikasining oldini olish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida band bo‘lgan ayollarning mehnat gigienasi, kasbiy tahlikasi va ular organizmining funksional holati hamda profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Trikotaj fabrikalariga qo‘yilgan gigienik talablar» 0262-2009-sonli sanitariya me’yor va qoidasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/135-son ma’lumotnomasi). Mazkur sanitariya me’yor va qoida asosida trikotaj fabrikalarini aholi yashash mintaqalarida joylashtirish, loyihalashtirish va qurishda qo‘yilgan gigienik talablar ishlab chiqlgan;
«O‘zbekiston Respublikasi trikotaj fabrikalarida ishlovchi ayollarning ishlash va  dam olish tartibini ratsionallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/135-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma trikotaj korxnalarida faoliyat olib borayotgan ayollarning mehnat sharoitlari va dam olish tartibini ratsonallashtirish va ularning salomatlik holatining izdan chiqishini oldini olish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan;
«Trikotaj fabrikalarida ishlovchi ayollarning ish sharoitini sog‘lomlashtirish» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/135-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma trikotaj fabrikalarida ishlovchi ayollarning mehnat sharoitlarini yaxshilash orqali ish samardorligini oshirish, salomatlik holatini mustahkamlash va kasbiy kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan;
trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida band bo‘lgan ayollarning mehnat gigienasi, kasbiy tahlikasi va ular organizmining funksional holati hamda profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya markazi, Toshkent shahar va Qashqadaryo viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari hamda  «Tash Tekstil» QK va «Boyteks» to‘qmachilik korxonalarining ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-z/133-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida ogohlantiruvchi va joriy Davlat sanitariya nazoratining sifatini yaxshilash, o‘quv jarayonining sifatini oshirish, trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchi ayollarning mehnat sharoitini sog‘lomlashtirish, zararli ishlab chiqarish omillari darajasini pasaytirish, organizmdagi turli funksional tizimlar ko‘rsatkichlarining barqarorlashuvi, yuqori mehnat qobiliyatini ta’minlash va mehnat jarayonlarining toliqtiruvchi ta’sirini pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish