Gulmuxamedov Pulat Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parodontit patogenezining klinik va molekulyar genetik mezonlari», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib404.
Ilmiy rahbar: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Surat Saydvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sobirovna, biologik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Yonsey universiteti (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SP shakllanishida TNF-α va IL-1β yallig‘lanish oldi sitokin genlarining muhim polimorf variantlarining ahamiyatini baholash hamda kasallikning rivojlanishi va klinik kechishida yangi prognostik mezonlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parodont yallig‘lanish kasalliklarining shakllanishi, kechishi va avj olishida genetik omillar – TNF-α geni rs1800629 va IL-1β geni rs 1143634 va rs 16944 polimorfizmlari ishonchli darajada ishtirok etishi isbotlangan;
SP bilan kasallangan bemorlar va nazorat guruhlari o‘rtasida TNF-α (rs1800629) va IL-1β (rs 1143634 va rs 16944) sitokin genlari turli allel variantlarining tarqalishida sezilarli farq aniqlangan;
TNF-α geni rs1800629 va IL-1β klasterining polimorfizmlari barcha noxush genotipik variantlarining o‘zaro ta’siri, parodontning yallig‘lanish-destruktiv jarayonining avj olishi va shakllanishining patogenetik mexanizmiga hissa qo‘shishi aniqlangan;
SP kasalligida yallig‘lanish jarayonining klinik kechishi va sitokin genlari polimorfizmlarini genotipik variantlari bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan va genetik markerlarning kasallikni rivojlanishida prognostik ahamiyatlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yallig‘lanish oldi sitokinlarining ba’zi genlari polimorfizmi aspektlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida;
«IL-1β (rs 1143634) va TNF α (rs 1800629) genlar polimorfizmi deteksiyasi uchun so‘lakdan DNK ajratish usulini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yilning 30 yanvardagi 8n-r/34-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma so‘lakdan DNK ajratib olish usulini takomillashtirish, shuningdek SP rivojlanishida proyallig‘lanish sitokin genlarining ahamiyatini isbotlash, proyallig‘lanish sitokinlarini ishlab chiqarilishiga mas’ul bo‘lgan TNF-α, IL-1β geni rs 1143634, IL-1β geni rs 16944 va IL-1β geni rs 1143627 asosiy genlarning molekulyar-genetik polimorfizmini aniqlash asosida, kasallikning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
«Surunkali parodontitning rivojlanish xavfi va klinik kechishining og‘irlik darajasini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yilning 28 maydagi 8n-r/207-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar SPni erta tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
surunkali parodontitning rivojlanishida yallig‘lanish sitokinlarining ba’zi genlarini polimorfizmini baholashni takomillashtirishga asoslangan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya institutining klinikasi, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/137-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi SPli bemorlarda tashxislashni o‘tkazishdagi xarajatlarni kamaytirish, shuningdek o‘z vaqtida qilingan profilaktika hisobiga surunkali parodontitli bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish