Bilalov Baxodir Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Terminal glaukomada antiglaukomatoz xirurgiyani optimallashtirish», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib626.
Ilmiy rahbar: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.27.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kovalevskaya Mariya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Buzrukov Batir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Boshkent universiteti (Turkiya). 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘z ichi suyuqligi fil`tratsiya hududini autodrenajlash yo‘li bilan og‘riq sindromli terminal glaukomaning antiglau¬komatoz xirurgiyani takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ko‘z ichi suyuqligi fil`tratsiya sohasini autodrenajlash yo‘li bilan og‘riq sindromli terminal glaukomani davolashning yangi jarrohlik usuli ishlab chiqilgan;
terminal glaukoma jarrohligida ko‘z ichi suyuqligining yangi shakllantirilgan chiqish yo‘llarini ortiqcha chandiqlanishning oldini olishga qaratilgan xirurgik operatsiyaning gipotenziv samarasi tonometrik va tonografik ko‘rsatkichlarning natijalari asosida isbotlangan; 
fil`tratsiya sohasidagi xirurgik amaliyotda gidrodinamik ko‘rsatkichlarning tiklanishi og‘riq sindromini 95% bartaraf etilishi hamda ko‘z olmasining enukleatsiyasining oldini olishi asoslangan;
antigloukamatoz xirurgik amaliyotda taklif etilgan usul yordamida hosil qilingan drenaj tizimining balandligi, hajmi va akustik zichligi parametrlarining saqlanishi va ijobiy dinamikasi ul`tratovushli biomiroskopik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Terminal glaukomada antiglaukomatoz xirurgiyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Og‘riq sindromli terminal glaukoma bilan xastalangan bemorlarni olib borish taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 8n-r/371-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘riq sindromli terminal glaukoma bilan xastalangan bemorlarni taklif etilayotgan uslub bilan davolash, bemor¬larni jarrohlik amaliyotiga tayyorlash, jarrohlik amaliyoti va undan keyingi davrda bemorlarni olib borish taktikasi og‘riq sindromini kamaytirish, ko‘z olmasining anatomik organ sifatida saqlab qolish orqali bemorlarni ijtimoiy va psixologik tomondan kayfiyatini oshirish imkonini bergan;
«Refrakter glaukomani xirurgik davolashning modifikatsiyalangan uslubi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 8n-r/373-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma fil`tratsiya sohasini autodrenajlash bilan amalga oshiri¬la¬digan usul, terminal glaukoma bilan xasta¬langan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Refrakter glaukomani xirurgik davolashning modifikatsiyalangan usuli» bo‘yicha xalqaro Intellektual mulk agentligidan ixtiro patenti olingan (Method of the modified surgical treatment of refractory glaucoma. The owner of «INTEROCO International Online Copyright Office». №ES-01-002124; 11 January 2019. European Depository, Germany, Berlin). Mazkur usul terminal glaukoma jarrohlik amaliyotida hosil qilinadigan fil`tratsiya sohasi autodrenajlash orqali amalga oshirilib, ko‘z ichi bosimining barqaror pasayishiga, og‘riq sindromini bartaraf etishga va ko‘z olmasini saqlab qolish imkonini bergan;
terminal glaukomada antiglaukomatoz xirurgiyasini optimallashtirib davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi uchinchi klinikasi, Samarqand va Andijon viloyatlari oftal`mologik shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 8n-d/31-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi 83,3% holatda oftal`motonusni pasayishi va og‘riq sindromini 96,6% ga bartaraf etilishi orqali og‘riq sindromli terminal glaukoma bilan xastalangan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish