Muxamedjanova Nodira Ismaildjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalaridagi laborator tekshiruvlarining sifat nazorati tizimini shakllantirish”, 14.00.25–Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib283.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori; Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Roytman Aleksandr Pol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik laborator tekshiruvlarni tashkil qiluvchi omillarni kompleks tahlil qilish asosida kasallikni tashxislash jarayonlarini optimallashtirish uchun laborator tekshirishlar sifatini kafolatlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor laboratoriya sharoitida klinik-bioximik tahlillarni bajarishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarni aniqlashning o‘rtacha siljish va o‘rtacha arifmetik belgining o‘zaro nisbati ifodalangan variatsiya koeffisienti mezonlari ishlab chiqilgan;
klinik-tahlil laboratoriyalar xizmati samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan laboratoriyalarni markazlashtirish zarurati asoslab berilgan;
tavsiya etilgan standart operetiv jarayon barcha klinik tahlil laboratoriyalarda laboratoriya ishlarini tashkil etishning asosiy ish vositasiligi hamda barqaror, bir xil, to‘g‘ri ish faoliyati yuritishini ta’minlashi aniqlangan;
klinik-tashxisiy laboratoriyalar faoliyati tahlili va laboratoriya hududiy variatsiya koeffisienti ishlab chiqilgan;
yuqori sezgir va spesifik laborator jihozlari yordamida olingan natijalarning ishonchliligi ichki va tashqi nazorat o‘tkazish yordamida kafolatlanishi zaruriyati asoslangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatida joylashgan tibbiyot muassasalaridagi laborator tekshiruvlarining sifat nazorati tizimini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Laborator tekshiruvlarini preanalitik bosqichda sifatni ta’minlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 yanvardagi 8n-r/3-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma klinik laborator diagnostika xizmatida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari shifokor laborantlari hamda laboratoriya mudirlarining ish faoliyati sifatini yaxshilash imkonini bergan;
«Preanalitik bosqichining laboartoriyagacha bo‘lgan qismida amaliyot vrachlarini ishini engillashtirish maqsadida yo‘llanmalarni shtrix kodlash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 yanvardagi 8n-r/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma umumiy amaliyot shifokorlari bemorlarni qayd qilishida va rasmiylashtirishda ish faoliyatini engillashtirish imkoniyatini yaratgan;
tibbiyot muassasalaridagi laborator tekshiruvlarining sifat nazorati tizimini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan Toshkent viloyati shoshilinch tez yordam ilmiy markazi, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika OITSga qarshi kurash markaziga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 8n-d/134-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotda preanalitik bosqichda qilinadigan xatoliklarning keskin kamayishiga va davolovchi shifokorni rasmiylashtirishga ketadigan vaqtni qisqartirishga olib kelgan, bu esa bemor ko‘rigi uchun ko‘proq vaqt ajratishga imkon bergan.