Abduraxmonov Ilxomjon Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zani parvarishlashda tuproqqa resurstejamkor, kombinatsiyali minimal ishlov berish agrotexnologiyasini takomillashtirish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx254.
Ilmiy rahbar: Nurmatov Shermat Nurmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Salomov Shavkat Turabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida “O‘zPITI-201” g‘o‘za navidan arzon va sifatli hosil etishtirishda tuproqqa asosiy va ekish oldi davrida minimal ishlov berish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yangi takomillashgan “Ilg‘or-1” agregati yordamida tuproqqa minimal ishlov berishning oddiy usulda ishlov berishga nisbatan samaradorligi aniqlangan;
tuproqqa turli kombinatsiyali minimal ishlov berishni uning agrokimyoviy hamda agrofizikaviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
g‘o‘zaning O‘zPITI-201 navini ekish usullari, ma’dan o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari va sug‘orish tartiblari, ko‘chat qalinliklari tuproqqa minimal ishlov berishning yangi takomillashgan texnologiyasiga bog‘liq holda ishlab chiqilgan;
yangi takomillashgan “Ilg‘or-1” agregati yordamida tuproqqa minimal ishlov berish texnologiyasini g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi hamda iqtisodiy samaradorliklariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning “O‘zPITI-201” navini hosildorligini oshirishda “Ilg‘or-1” agregati yordamida tuproqqa minimal ishlov berish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“O‘zPITI-201” g‘o‘za navini parvarishlashda tuproqqa minimal ishlov berish texnologiyasini qo‘llash va tuproq unumdorligini saqlash bo‘yicha “Farg‘ona vodiysida g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirishda resurstejamkor texnologiyalar bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 14 avgustdagi 02/020-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma paxtachilikda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
g‘o‘za parvarishlashda tuproqqa asosiy ishlov berishning resurstejamkor agrotexnologiyasi Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 15,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 14 avgustdagi 02/020-1771-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “O‘zPITI-201” g‘o‘za navini parvarishlashda tuproqqa ishlov berishni resurstejamkor agrotexnologiyasidan foydalanib, ko‘chat qalinligi 158,9 ming tup/ga, ma’dan o‘g‘itlarni N250P175K125 kg/ga me’yorlarida va sug‘orishni ChDNSga nisbatan 70–75–60% tartibda o‘tkazilganda gektaridan 4–5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olish imkoni yaratilgan;
tuproqqa “Ilg‘or-1” agregati yordamida asosiy ishlov berishning minimal usulidan foydalanish orqali g‘o‘zadan mo‘l va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasi Andijon viloyati Andijon tumanida 18,0 gektar va Marhamat tumanida 16,0 gektar maydonda jami 49 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 14 avgustdagi 02/020-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida gektaridan 41,8 sentner yoki tuproqqa an’anaviy usulda ishlov berishga nisbatan 4 sentner qo‘shimcha paxta hosili etishtirilgan va 1251112 so‘m sof foyda olingan, rentabellik darajasi 36,3 foizni tashkil etgan.