Xojambergenov Nasim Mamenovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘za navlarini yaratish va joriy etish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Qx99.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning «S-6550» navi (№NAP 00108), g‘o‘zaning «S-9085» navi (№NAP 00126), g‘o‘zaning «S-6545» navi (№NAP 00099) va g‘o‘zaning «Jarqo‘rg‘on» navi (№NAP 00152).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 30 martdagi 02-11/704, 02-11/705 va 02-11/707-son va 2018 yil 1 noyabrdagi 02-11/2811-son xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli chatishtirish uslublari orqali yaratilgan duragaylarda xo‘jalik uchun qimmatli belgilar va ayrim biokimyoviy ko‘rsaktichlarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va korrelyasiyasini aniqlash asosida tezpishar, hosildor, tola chiqimi va sifati jahon andozalari talablariga javob beradigan, viltga, suv tanqisligi hamda sho‘rlanishga bardoshli g‘o‘za navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor yangi yaratilgan o‘rta tolali g‘o‘za tizmalari va navlarini politester tizimida o‘zaro chatishtirish orqali tezpisharlik bo‘yicha T-1858 va T-158 tizmalari, tola uzunligi bo‘yicha esa T-597, T-1858 va T-257 tizmalari yuqori darajadagi umumiy chatishish qobiliyatiga egaligi aniqlangan; 
g‘o‘za tizmalari va navlarini politester tizimida tur ichida o‘zaro chatishtirish orqali yaratilgan F2 duragaylarini tezpisharlik va tola uzunligi bo‘yicha variatsion qatorlarining tahlili natijasida keng darajadagi ijobiy va salbiy transgressiya yuz berishi hamda ushbu belgilarning genetik jihatdan murakkabligi va poligen tarzda boshqarilishi aniqlangan;
duragaylarda tezpisharlik va ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rtasidagi korrelyasiyalar pastligi, g‘o‘zapoyadagi oqsil miqdori bilan tezpisharlik va tola chiqimi orasida ishonchli korrelyasiyaga egaligi, lekin 1-hosil shoxi balandligi, hosildorlik va tola uzunligi bilan o‘zaro bog‘liq emasligi aniqlangan;
tur ichida va turlararo duragaylash yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida o‘rta tolali g‘o‘zaning “Jarqo‘rg‘on”, “S-9085”, “S-6545” va “S-6550” navlari yaratilgan, davlat nav sinovi va keng ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazilgan hamda respublikaning turli viloyatlarida ishlab chiqarishda ekish uchun mosligi aniqlangan; 
qo‘llanilgan turlararo va tur ichida tizmalararo hamda navlararo duragaylash uslublarining suv tanqisligiga, issiqlikka va sho‘rga bardoshli hamda tola chiqimi va sifati yuqori g‘o‘za navlarini yaratishda yuqori samarador usullar ekanligi isbotlangan; 
turlararo va tur ichida tizmalararo hamda navlararo chatishtirish uslublarini taqqoslash orqali xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega genetik-seleksion ashyolarni yaratishdagi samaradorligi aniqlangan;
turlararo hamda tur ichida tizmalararo va navlararo duragaylash usulublarini  qo‘llash orqali tezpishar, hosildor, tola chiqimi va sifati yuqori hamda boshqa xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega g‘o‘za navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘za navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanish natijalari asosida:
respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlarida ekish uchun tashqi muhitning noqulay omillariga, suv tanqisligiga hamda kasalllik va zararkunandalarga chidamli, serhosil, ertapishar, yuqori tola sifatiga ega bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘zaning «S-6550» naviga (№NAP 00108), «S-9085» naviga (“NAP 00126), «S-6545» naviga (“NAP 00099) va «Jarqo‘rg‘on» naviga (“NAP 00152) seleksiya yutug‘lariga patentlar olingan. Natijada “S-9085” navi 2016–2018 yillarda respublikamizda 10600 gektar maydonda joriy etilgan va gektaridan 1077269.9 so‘m sof foyda olish imkoni yaratilgan;
 yangidan yaratilgan intensiv tipdagi “Jarqo‘rg‘on”, “S-9085”, “S-6545” va “S-6550” navlari 2014 yildan boshlab Qorqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining turli tuproq-iqlim sharoitlarida istiqbolli va rayonlashgan nav sifatida qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 4 martdagi 02/020-126-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “Jarqo‘rg‘on” navi 2016–2018 yillarda respublikamizda 21685 gektar maydonda ekilgan va gektaridan 2629344 so‘m sof foyda olishga erishilgan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning yangidan yaratilgan “Jarqo‘rg‘on” navi Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 2016–2018 yillarda jami 18700 gektar, “S-9085” navi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida  10610 gektar va istiqbolli “S-6545” va “S-6550” navlari yangi nav sifatida 100 gektardan ortiq maydonlarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 4 martdagi 02/020-126-son ma’lumotnomasi). Natijada 2018 yilda “Jarqo‘rg‘on” navidan Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida gektaridan o‘rtacha 22–39,6 sentner va “S-9085” navidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida 26,0 sentner paxta hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish