Xudjamatov Safarali Xasanboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tut ipak qurti seleksiyasida kapalaklarning reproduktiv belgilari bo‘yicha yangi tanlash usulini ishlab chiqish», 06.02.04–Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx437.
Ilmiy rahbar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.30.08.2018.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Gulamov Azamat Eshonkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Navruzov Sobir Navruzovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut ipak qurti urg‘ochi kapalaklarining dastlabki sutkadagi tuxumlarini olish orqali seleksion tizimlar va zotlarning hayotchanlik, mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish va yangi tanlash usulini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tut ipak qurtining birinchi sutkada qo‘yilgan urug‘larini keyingi sutkadagi urug‘larga nisbatan samaradorligi isbotlangan;
birinchi sutkada tuxum qo‘yish intensivligi belgisining irsiylik koeffisienti aniqlangan;
birinchi sutkada tuxum qo‘yish intensivligi va xo‘jalik belgilari o‘rtasidagi fenotipik korrelyativ bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
birinchi sutkada tuxum qo‘yish intensivligi bo‘yicha seleksiya samarasini oshirishi mumkinligi isbotlangan;
duragay urug‘ tayyorlashda to‘liq birinchi sutkadagi urug‘larni olish ilmiy asoslangan;
bir sutkalik duragay urug‘larni olish usuli qo‘llanib, «Musaffo   tola 1» sanoat daragayi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tut ipak qurti seleksiyasida kapalaklarning reproduktiv belgilari bo‘yicha tanlashning yangi usulini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan tadqiqot natijalari asosida:
ipak qurtining Liniya 27 va Liniya 28 seleksion tizimlar ishtirokida yangi «Musaffo tola 1» duragayi yaratilgan va ushbu duragayga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (ZAP №00025 20.09.2018 y.). Natijada ushbu duragay pillalaridan xom ipak chiqishi 47,6 foizga va ipak tolasining umumiy uzunligini 1425 metrga etkazishga erishilgan. 
«Tut ipak qurtining birinchi sutkada tuxum qo‘yish xususiyatidan seleksiya va naslchilik ishida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2019 yil 30 iyuldagi №2-1/1585-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1 quti qurt hisobidan 3,3 kg dan qo‘shimcha naslli pilla hosili va undan mos ravishda qo‘shimcha 4,5 quti elita urug‘lari tayyorlangan va iqtisodiy samaradorlik 450000 so‘mni tashkil etgan;
ipak qurtining “Liniya 27” va “Liniya 28” seleksion tizimlari ishtirokida yangi yaratilgan «Musaffo tola 1» duragayidan Andijon  «Agro pilla» MChJda 11 quti qurtlari joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2019 yil 30 iyuldagi №2-1/1585-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir quti qurt hisobidan o‘rtacha 1,6 kg qo‘shimcha xom ipak olingan va iqtisodiy samaradorlik 637200 so‘mni tashkil etgan;
ipak qurtining “Liniya 28” va “Liniya 27” seleksion tizimlari ishtirokida yangi yaratilgan «Musaffo tola 2» duragayidan Farg‘ona «Agro pilla» MChJda 8 quti qurtlar joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2019 yil 30 iyuldagi №2-1/1585-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada bir quti qurtdan o‘rtacha 1,1 kg dan qo‘shimcha xom ipak olingan va iqtisodiy samaradorlik 438075 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish