Ismatullaeva Diloram Adilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bombyx mori L tut ipak qurtining yadro poliedrozi va nozematoz kasalliklarini oldini olish va kurash choralari tizimini ilmiy asoslash», 06.02.04–Ipakchilik. (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Qx91.
Ilmiy maslahatchi: Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.30.08.2018.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ro‘zibaev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Anorbaev Azim Raimkulovich , qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut ipak qurtining yadro poliedrozi va nozematoz kasalliklariga qarshi tabiiy, kimyoviy vositalar ta’sirini hamda yangi profilaktik chora-tadbirlar tizimini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tut ipak qurtini yangi qo‘yilgan tuxumining 8 kunlik davrida tuxumda parazitning vegetativ shakllari planontlar va merontlar ko‘proq mavjud bo‘lganligi sababli, tuxumning rivojlanishida antiseptik preparatlardan foydalanish uchun qulay bo‘lgan davri aniqlangan;
«Septaksin» va «Ximiks» vositalarini Nosema bombycis sporasining hayotchanligini pasaytirishi isbotlangan;
yadro poliedrozi qo‘zg‘atuvchisi poliedrlarining oqsil qobig‘ini to‘liq  eritish, infeksion xususiyatini yo‘qotishda «Septaksin» va «Ximiks» preparatlarining  yuqori virulent xususiyati aniqlangan;
kompleks aminobirikmalar (aminokislotalar kabi) eritmasidan tashkil topgan «Fitobaks» preparati bilan sog‘lom tuxumlarga ishlov berish, noqulay xarorat omillari sababli yuzaga kelgan yadro poliedroz kasalligi bilan nobud bo‘lgan qurtlarni sonini kamaytirishda qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
tut ipak qurtini chidamli zot va partenoklonlari aniqlangan;
tut ipak qurtining qurtlik bosqichida o‘simliklardan tayyorlangan biostimulyatorlardan foydalanish qurtlarning immun reaksiyasini kuchaytirish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tut ipak qurtining yadro poliedrozi va nozematoz kasalliklarini oldini olish va kurash choralari tizimining ilmiy asoslarini yaratish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
«Tut ipak qurtining yadro poliedrozi va nozematoz kasalliklariga qarshi profilaktik chora tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/35-111-son ma’lumotnomasi). Natijada naslchilik urug‘chilik stansiyasida Ipakchi 1 va Ipakchi 2 zotlarining 89 quti urug‘iga preparat bilan ishlov berilib, qo‘shimcha 1,8 kg naslli pillalar olingan va iqtisodiy samaradorlik 1 quti qurt xisobidan 312413 so‘mni tashkil etgan;
tut ipak qurtini sifatini oshirish uchun “Grenolid plyus” antiseptik vositasi «Andijon naslli ipak qurti» MChJda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/35-111-son ma’lumotnomasi). Natijada 30 quti Ipakchi 2 zotining superelita tuxumini preparat bilan ishlov berilish hisobiga qo‘shimcha 4,6 kg naslli pilla etishtirilib, undan qo‘shimcha 2,3 quti elita tuxumi olingan va iqtisodiy samaradorlik 241340 so‘mni tashkil etgan; 
tut ipak qurtini sariq kasalligiga chidamliligini oshiruvchi «Fitobaks» preparati «Farg‘ona tut ipak qurti urug‘chiligi» MChJda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/35-111-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida biostimulyator bilan Ipakchi 1 zotining 117 quti elita tuxumiga ishlov berilishi, natijasida qo‘shimcha 3,4 kg naslli pilla olingan va qurtlarni boqish davrida kasallik belgilari kamayishi imkoni yaratilgan;
«Andijon naslli ipak qurti urug‘i tayyorlov» MChJ korxonasida «Grenolid plyus» antiseptik vositasi bilan Ipakchi 1 va Ipakchi 2 zotlarining 50 quti superelita urug‘iga ishlov berishda qo‘llanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/35-111-son ma’lumotnomasi). Natijada har 1 quti qurtdan qo‘shimcha 4,0 kg dan pilla olingan va iqtisodiy samaradorlik 65400 so‘mga teng bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish