Xalikulova Gulzada Tadjimuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta tizimi va uni amal qilish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.2.PhD/Iqt158.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urmonov Jahongir Jaloldinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mamlakat sug‘urta tizimining amal qilish mexanizmini takomillashtirish hamda milliy iqtisodiyotda sug‘urta munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy sug‘urta anderraytingida biznes-jarayoni vositalaridan foydalangan holda mijozlar bilan shartnomani rasmiylashtirish uslubi takomillashtirilgan;
sug‘urta tashkilotlarida zararlilik darajasini kamaytirishda injiniring va reinjiniringni qo‘llashning metodik bazasi konseptual yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
sug‘urta portfelini diversifikatsiya qilish va konsentratsiya darajasini aniqlashning sifat va miqdoriy tahlili asosida sug‘urta bozori va sug‘urta tashkilotining moliyaviy barqarorligini ta’minlash asoslangan;
sug‘urta hodisasi bo‘lishining ehtimoliy narx ko‘rsatkichlarini shakllantirish imkonini beruvchi sug‘urta mahsulotlariga telematik tizimni joriy qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta tizimi va uni amal qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy sug‘urta anderraytingida biznes-jarayoni vositalaridan foydalangan holda mijozlar bilan shartnomani rasmiylashtirish uslubini soddalashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2019 yil 16 iyuldagi 139-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida sug‘urta tashkilotlarida ish tashkil etish natijasida sug‘urta mahsulotlarini sotish jarayoni optimallashtirilgan va 2018 yilda sug‘urta mukofotlari miqdori 1,6 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76,3 foizga oshgan;
sug‘urta tashkilotlarida zararlilik darajasini kamaytirishda injiniring va reinjiniringni qo‘llashning metodik bazasi takomillashtirish taklifi O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2019 yil 16 iyuldagi 139-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sug‘urta shartnomalarini tuzish va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 36 foizga kamaytirgan va 2018 yil 1 oktyabrdan 2019 yil 31 martgacha bo‘lgan vaqt mobaynida tejalgan summa 78 mln. so‘mni tashkil etgan;
sug‘urta bozori va sug‘urta tashkilotining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha berilgan taklif “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 16 iyuldagi 08-1101-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniyaning sug‘urta portfeli diversifikatsiya qilingan va moliyaviy barqarorlik ta’minlangan;
sug‘urta hodisasi bo‘lishining ehtimoliy narx ko‘rsatkichlarini shakllantirish imkonini beruvchi sug‘urta maxsulotlariga telematik tizimni joriy qilish taklifi “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 16 iyuldagi 08-1101-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amalda qo‘llanilishi natijasida sug‘urta kompaniyasiga sug‘urta telematikasi kiritilgan va sug‘urta tashkilotida “aqlli sug‘urta” mahsulotlari joriy qilingan. Ushbu sug‘urta turini joriy etishda kompaniya 9,285 mln. so‘m sarf qilishi natijasida 2019 yil 6 oyligida umumiy sug‘urta mukofotlaridan tejalgan summa 128 mln. so‘mni tashkil etgan.