Umidullaev Qahramon Usmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning nazariy-huquqiy asoslari», 12.00.01–Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Toshqulov Jo‘raboy O‘rinboevich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xamedov Isa Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Raxmanov Akmal Ergashevich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning nazariy-huquqiy va tashkiliy-metodologik asoslarini takomilashtirish haqida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat, tuman, shahar hokimi zarur bo‘lgan hollarda o‘z faoliyati to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hisobot taqdim etishi lozimligi asoslab berilgan;
hududlarda yangi doimiy ish o‘rinlari yaratish hamda 18-60 yoshdagi mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlanganlik darajasini mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini baholash mezoni sifatida belgilash muhimligi asoslab berilgan;
xalq bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan muammolarni bevosita shahar va tuman rahbarlari tomonidan hal etilishi darajasini ularning faoliyati samaradorligini baholash mezoni sifatida olinishi aholi talab va extiyojlarini qondirishning samarali usuli ekanligi asoslab berilgan;
hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlariga kelib tushayotgan murojaatlar ko‘rsatkichi hamda ularning ijobiy hal qilinishi darajasini baholash mezoni sifatida belgilash joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilashga xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish borasidagi ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
viloyat, tuman, shahar hokimlari o‘z faoliyati to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hisobot taqdim etishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunining 4-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 15 fevraldagi 06/1-05/2186 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hokimlar faoliyatidan aholi bevosita xabardor bo‘lishi hamda hududga tegishli masalalarni hamkorlikda hal etishning yangi shaklini yaratishga xizmat qilgan;
hudud rahbarlari tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratish hamda 18-60 yoshdagi mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash borasida bajargan ishlari uchun rag‘batlantirish maqsadida ularning faoliyatini baholash mezoni sifatida begilash to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 dekabrdagi 973-son qarori bilan tasdiqlangan baholash ko‘rsatkichlarining I qism 1.14-bandi hamda II bo‘lim 2.2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 9 iyuldagi BU-1-8/20-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
xalq bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan muammolarni bevosita shahar va tuman rahbarlari tomonidan hal etilishi darajasini ularn ing faoliyati samaradorligini baholash mezoni sifatida olinishi aholi talab va extiyojlarini qondirishning samarali usuli ekanligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 dekabrdagi 973-son qarori bilan tasdiqlangan baholash ko‘rsatkichlarining VI bo‘lim 6.1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 9 iyuldagi BU-1-8/20-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar xalq bilan bevosita muloqot jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi ishlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligiga baho berishda ularga kelib tushayotgan murojaatlar ko‘rsatkichi hamda ularning ijobiy hal qilinishi darajasini ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 dekabrdagi 973-son qarori bilan tasdiqlangan baholash ko‘rsatkichlarining II qism 1 va 2 bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 9 iyuldagi BU-1-8/20-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hudud rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirishga, mahalliy ijro hokimiyati organlariga qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilashga hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilgan.