Bayxonov Bahodirjon Tursunbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston iqtisodiyotida investisiyalarni tarmoqlararo taqsimlashning ekonometrik modellashtirish uslubiyatini takomillashtirish», 08.00.06¬–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt73.
Ilmiy maslahatchi: Alimov Raimjon Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qosimov Saidaxrol Magrupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqtisodiyotida investisiyalarning tarmoqlararo taqsimlanishini ekonometrik modellashtirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya samaradorligini oshirish maqsadida noaniq to‘plamlar vositalari asosida investisiyalarning tarmoqlararo taqsimlash modellar tizimi ishlab chiqilgan;
investisiya loyihalarini baholashda tavakkalchilik va xatarlilik darajasini aniqlash modeli noaniq to‘plamlar nazariyasi asosida takomillashtirilgan;
investisiya loyihalarini baholashda noaniq omillarning yuzaga kelishi va investisiyalashning xatarlilik darajasini aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan;
noaniq omillar yuzaga kelishi holatlarida chiziqli shkala bo‘yicha investisiyalar taqsimlashnishini me’yoriy darajasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
tarmoqlar bo‘yicha investisiyalardan foydalanishning zararsiz nuqtalarini aniqlash va hisoblash bo‘yicha algoritmik dastur taklif etilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarining investisiya jozibadorligini baholash uslubiyati «McKinsey & Co.» usuli asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotida investisiyalarni tarmoqlararo taqsimlashning ekonometrik modellashtirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiya samaradorligini oshirish maqsadida noaniq to‘plamlar vositalari asosida investisiyalarning tarmoqlararo taqsimlashning takomillashtirilgan modellari tizimi bo‘yicha investisiyalarni boshqarish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona hamda tashkilotlari faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 maydagi  02/011-50-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi investisiyalardan foydalanish va taqsimlanish holatlarini tahlil qilish orqali to‘g‘ri qaror qabul qilish imkoniyatini kengaytirib, vaqtdan unumli foydalanish imkonini bergan;
investisiya loyihalarini baholashda tavakkalchilik va xatarlilik darajasini aniqlashning noaniq to‘plamlar nazariyasi asosida takomillashtirilgan modeli O‘zbekiston Respublikasi Investisiya davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiya davlat qo‘mitasining 2017 yil 23 dekabrdagi AA-01/05-5030-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan 2018 yil uchun iqtisodiy tarmoqlarda investisiya samaradorligini oshirishda yuzaga keladigan tavakkalchilik va xatarlilik darajalarini aniqlashda hamda uni pasaytirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilgan;
investisiya loyihalarini baholashda noaniq omillarning yuzaga kelishi va investisiyalash xatarlilik darajasini aniqlash modeli bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining  2018 yil 17 maydagi  02/011-50-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqqa kiritilgan investisiyalarning tavakkalchilik qiymati – 12,3%, xatarlilik darajasi – 3,5% va investisiyadan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi mavjud holatlarda – 28,1% ga teng bo‘lishi aniqlangan hamda tarmoqqa kiritilgan investisiya samaradorligini oshirish imkonini bergan;
noaniq omillar yuzaga kelishi holatlarida chiziqli shkala bo‘yicha investisiyalar taqsimlashnishining me’yoriy darajasini aniqlashning algoritmik dasturi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining  2018 yil 17 maydagi 02/011-50-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida qishloq xo‘jaligida 5,6 foiz investisiyaning foydasiz turib qolishining oldi olingan;
tarmoqlar bo‘yicha investisiyalardan foydalanishning zararsiz nuqtalarini aniqlash va hisoblash bo‘yicha algoritmik dastur O‘zbekiston Respublikasi Investisiya davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiya davlat qo‘mitasining 2017 yil 23 dekabrdagi AA-01/05-5030-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan 2018 yil uchun investisiya dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
respublika iqtisodiy tarmoqlarining investisiya jozibadorligini baholashning takomillashtirilgan uslubiyati asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 maydagi  02/011-50-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini 5,3 barobar oshishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish