Samandarov Rustam Do‘syorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sodda gap sintaktik shaklining applikativ model` doirasida kengayishi”, 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil189.
Ilmiy rahbar: Turniyozov Nigmat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor; Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: til materiali zamirida applikativ va transformatsion modellar vositasida gap sintaktik shakli kengayishi masalasining namoyon bo‘lish jihatlarini yoritishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
til materialining tadqiqi jarayonida genotipik, genotip va fenotipik tillar salohiyatining mavhum, abstrakt hamda aniq, muayyan, konkret holatlari asoslangan;
applikativ modelning ajratilgan bo‘laklar, uyushiq bo‘laklar, undalma kabi sintaktik shaklni kengaytiruvchi vosita ekanligi ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida ochib berilgan;
transformatsiya applikativ model` qo‘llanilishining yuqori bosqichi ekanligi hamda applikativ modelning jumlalararo ahamiyat kasb etishi dalillangan; 
applikativ hamda transformatsion modellar sintaktik derivatsiya hodisasining asosiy mexanizmlari ekanligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sodda gap sintaktik shaklining applikativ model` doirasida kengayishi mavzusidagi tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
applikativ model` sintaktik valentlik hodisasi bilan uzviy munosabatda bo‘lishi, deskriptiv tilshunoslikning bevosita ishtirokchilar nazariyasi bilan applikativ modelning uzviy bog‘liqligi, gap sintaktik shaklining kengayishi xususidagi natijalaridan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” (2008–2011) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  2019 yil 26 yanvardagi 89-03-458-son ma’lumotnomasi). Natijada applikativ model` sintaktik derivatsiya nazariyasining asosiy ish mexanizmlaridan biri ekanligi asoslab berilgan;
gap shaklining applikativ model` doirasida ishlab chiqilgan tahlil usullaridan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida (2014–2015) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 26 yanvardagi 89-03-458-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini bergan, shuningdek ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv dasturlari yangi metodlar bilan boyigan;
codda gap sintaktik shaklining applikativ model` doirasida kengayishi bo‘yicha olingan natijalap O‘zbekicton Milliy telepadiokompaniyaci tizimidagi Camapqand viloyat telepadiokompaniyacining «Camapqand cadoci» radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Camapqand viloyat telepadiokompaniyacining 2019 yil 3 iyundagi 09-02/328-con ma’lumotnomaci). Natijada ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish