Bektasheva Aziza Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tariqat, ma’rifat va she’riyat mushtarakligi (Shayx Najmiddin Kubro hayoti va ijodi misolida)», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil27.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti. 
Ilmiy rahbar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Mullaxo‘jaeva Karomat Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi shayx Najmiddin Kubroning hayoti va faoliyatini yoritib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shayx Najmiddin Kubroning manqabaviy va tarixiy hayoti o‘ttizdan oshiq tarixiy va adabiy manbalar asosida tiklanib, asarlaridagi hayoti va ta’limotiga oid fakt va ma’lumotlarning mavhum jihatlari oydinlashtirilgan;  
shayxning dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan o‘n to‘rtta asarining tasavvuf adabiyoti, undagi ramz va timsollarni anglashdagi ahamiyati ochib berilgan;
Shayx Najmiddin Kubroning “Tasavvuf haqida bir risola” asari asosida uning so‘fiyona she’riyatga munosabati aniqlashtirilgan;
Kubro nasriy asarlari va she’riyati badiyati, ulardagi bosh qahramon – Solik – Sayyor hayotidagi ruhiy evrilishlar va ulardagi rang bilan bog‘lanish hodisalarining badiiy ifodalanishi, tasavvufiy she’r ramzlarining mohiyati ochib berilgan; 
shayx asarlariga tayangan holda aksar xorij kubroshunoslarining Najmiddin Kubro hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida tariqat asoschisini shia mazhabiga bog‘lashlari asossiz ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tariqat, ma’rifat va she’riyat mushtarakligi ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Shayx Najmiddin Kubroning tariqat, ma’rifat va she’riyat mushtarakligiga oid ilmiy xulosalaridan Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan FA-F1-G039 raqamli “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” mavzusidagi  fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2019 yil 5 iyuldagi 3/1255-1879-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Majolis un-nafois”, “Lison ut-tayr” va “Devoni Foniy” asarlarida bir necha bora tilga olingan Shayx Najmiddin Kubroning ilmiy biografiyasi “Najmiddin Kubro” personaliya ilmiy maqolasi asosini tashkil etgan;
Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlari, jumladan, tariqatlarga munosabatini yoritish borasida erishilgan natijalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida amalga oshirilgan A–1-118 raqamli “Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 iyuldagi 89-03-2717-son ma’lumotnomasi). Najmiddin Kubro shaxsiyati va kubraviya tariqatining Navoiy ijodiga ta’siri masalasini ilmiy asoslab berish, xususan, kubraviya adabiyoti namoyandalari ijodi haqida Navoiy qarashlarini nasriy va lirik asarlari asosida talqin etish borasidagi natijalar mazkur loyiha ilmiy saviyasining oshishiga ko‘maklashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish