Abdullaev Munis Kurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxona boshqaruvida axborot tizimlaridan samarali foydalanish jarayonlarining tadqiqi», 08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt310.
Ilmiy rahbar: Begalov Baxodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abdugaffarov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulev Dilmurod Mirzaaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalar boshqaruvida axborot tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnolog operatorlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini samarali tashkil etish, korxona resurslari, asbob-uskunalari va materiallarini tezkor boshqarish jarayonlari «SCADA» avtomatlashtirilgan axborot tizimi asosida takomillashtirilgan;
korxonada ishlab chiqarishni rejalashtirishning uch bosqichli tizimi korxona resurslarini to‘la funksional boshqarish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yagona axborot makoni, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy interfeyslar orqali tashqi axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning axborot tizimlarini qo‘llash asosida ikki bosqichli tizimga tushirilgan;
korxonaning komplekslashgan axborot tizimining funksional va tuzilmaviy ta’minoti «TeamCenterEngineering» muhandislik ma’lumotlarini boshqarish, «Simfoniya» tezkor boshqarish jarayonini axborotli qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarishning dispetcherlanishini ta’minlash hamda klasterli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
avtomatlashtirilgan ombor, avtomatik identifikatsiya va raqamli dasturiy boshqaruv axborot tizimlari asosida «mahsulotlarni loyihalashtirish», «ishlab chiqarish» va «sotish jarayonlari»ni qamrab olgan kompyuterlashtirilgan integratsiyali ishlab chiqarishning axborot tuzilmasi yaratilgan;
sexlar, bo‘limlar va yuqori rahbariyat o‘rtasidagi axborot oqimlari almashish jarayonlarining algoritmi tuzilgan va uni lokal hamda o‘rtacha integratsiyalashgan korporativ axborot tizimlari asosida yagona ko‘rinishda tashkil qilish mexanizmlari (boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash, biznesni rejalashtirish, sotuvni rejalashtirish va operatsion faoliyat, talab to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish, ishlab chiqarish umumiy jadvalini tuzish quyi tizimlarining axborot modellari) taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxona boshqaruvida axborot tizimlaridan samarali foydalanish jarayonlarining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
texnolog operatorlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini samarali tashkil etish, korxona resurslari, asbob-uskunalari va materiallarini tezkor boshqarish jarayonlarini «SCADA» avtomatlashtirilgan axborot tizimi asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2, 4 va 14 sexlarining texnologik jarayonlarini boshqarishda joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 13 fevraldagi 2/19-son ma’lumotnomasi). Ushbu avtomatlashtirilgan axborot tiziminining texnolog operatorlar tomonidan qo‘llanilishi natijasida texnik-iqtisodiy asoslashning hisob-kitoblari yiliga har bir sexning har bir bloki uchun 1,4 mlrd. so‘m miqdorida samaradorlikka erishilgan;
korxonada ishlab chiqarishni rejalashtirishning uch bosqichli tizimi korxona resurslarini to‘la funksional boshqarish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yagona axborot makoni, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy interfeyslar orqali tashqi axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarini qo‘llash asosida ikki bosqichli tizimga tushirish bo‘yicha takliflar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 13 fevraldagi 2/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizmning joriy qilinishi natijasida ishlab chiqarishni tezkor rejalarini shakllantirish hamda tuzilgan rejani baholash va ishlab chiqarish vaziyatlarini o‘zgartirishda qo‘llanilgan;
korxonaning komplekslashgan axborot tizimining funksional va tuzilmaviy ta’minoti «TeamCenterEngineering» muhandislik ma’lumotlarini boshqarish, «Simfoniya» tezkor boshqarish jarayonini axborotli qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarishning dispetcherlanishini ta’minlash hamda klasterli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning biznes-jarayonlarida foydalanish uchun joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 13 fevraldagi 2/19-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish sohasidagi qarorlarni qabul qilishda asosiy manba sifatida foydalanilgan;
korxonaning boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishning optimal echimi sifatida taklif etilgan avtomatlashtirilgan ombor, avtomatik identifikatsiya va raqamli dasturiy boshqaruv axborot tizimlari asosida «mahsulotlarni loyihalashtirish», «ishlab chiqarish» va «sotish jarayonlari»ni qamrab olgan kompyuterlashtirilgan integratsiyali ishlab chiqarishning axborot tuzilmasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 3, 6 va 7 sexlarining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 13 fevraldagi 2/19-son ma’lumotnomasi). Natijada texnik-iqtisodiy asoslashning hisob-kitoblari yiliga har bir sexning har bir bloki uchun 1,2 mlrd. so‘m miqdorida samaradorlikka erishilgan;
sexlar, bo‘limlar va yuqori rahbariyat o‘rtasidagi axborot oqimlari almashish jarayonlarining algoritmi tuzilgan va uni lokal hamda o‘rtacha integratsiyalashgan korporativ axborot tizimlari asosida yagona ko‘rinishda tashkil qilish mexanizmlari «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 13 fevraldagi 2/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizmni joriy etish natijasida korxona boshqaruvida axborotlarning tezkor ravishda aylanishi, ularning nazorat qilinishi hamda tezkor qarorlar qabul qilish jarayoni 6–8 foizga tezlashgan.