Umurov Zarif Latifboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’limiy muammolariga oid didaktik shart-sharoitlarni takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped115. 
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari  doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Narziqul Shodievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’limiy muammolariga oid didaktik shart-sharoitlarni takomillashtirishning tamoyillari, shakl, metod va vositalarini nazariy asoslash hamda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taklif va tavsiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
ta’limiy muammolarni didaktik tavsiflash hamda ularning tuzilishini aniqlash, ta’limiy muammolar tiplari, ta’limiy muammolarning didaktik xususiyatlari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining interfaol holati ta’lim sub’ekti vazifasidagi ishtirokini ta’minlovchi vositalar aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda ta’limiy muammolarni o‘quvchilarning tafakkuriga moslab o‘tkazish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, o‘quvchilarni mustaqil xulosa chiqarishga odatlantirish hamda ijodiy izlanish yo‘li bilan o‘quv materialini mustaqil o‘rganish shakllari takomillashtirilgan;
“o‘quv materiali” va “ta’limiy muammolar” o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganish, o‘quv materialini loyihalash va uni o‘quvchilarbop shaklga keltirish imkoniyatini oshirish, mavzularni o‘quvchilarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirish, o‘quv materialini ta’lim mazmunining shakli, birligi va uni moddiylashtirish darajasi sifatida qarash ta’lim jarayonining texnologik konstruksiyalari asosida boyitilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish imkoniyatlari tahlil qilinib, “real o‘quv imkoniyati”, “real biluv imkoniyati”, “real o‘quv-biluv imkoniyati” didaktik tavsiflangan hamda ta’lim jarayonining borishida o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’siri, o‘quvchining real o‘quv imkoniyatlariga mos o‘quv materialini o‘zlashtirishi, shuningdek, aqliy mehnat va aqliy faoliyat usullarini puxta egallagan o‘quvchi o‘qituvchi ta’limga tatbiq etgan muammolarni bajarishga va o‘qitish faoliyatining o‘quvchilarga ta’siri samaradorligi o‘quvchilarning umumiy sog‘ligiga bog‘liq ekani aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’limiy muammolariga oid didaktik shart-sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’limiy muammolarga didaktik tavsif berish hamda ularning tuzilishini aniqlash, ta’limiy muammolar tiplari, ta’limiy muammolarning umumiy didaktik mazmuni va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining interfaol holati, uning ta’lim sub’ekti vazifasidagi ishtirokini ta’minlovchi vositalar bo‘yicha takliflardan “F1-XT-1-31247 raqamli  “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi loyiha doirasida didaktik topshiriqlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 03-02/2-2-918-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy muammolardan foydalanish orqali o‘quvchilarning topqirlik (evristik) imkoniyatlari kengaytirilgan;
tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’limiy muammolariga oid didaktik shart-sharoitlarni takomillashtirish A1-XT-1-19701 raqamli “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida yaratilgan “O‘quvchilarning bilish faoliyatini kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyatlarini fanlar kesimida loyihalash” va “O‘quvchilarda do‘stona munosabatlar asosida hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining mazmuni” hamda  “O‘quv-biluv muammolari va ularni tayyorlash texnologiyasi” nomli metodik qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq qilingan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 03-02/2-2-918-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’limiy muammolariga oid didaktik shart-sharoitlarni takomillashtirishga doir metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan va o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’limiy muammolari o‘quvchilarning tafakkuriga mo‘ljallab o‘tkazilishi, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishga yo‘nalganligi, o‘quvchilarni mustaqil xulosa chiqarishga odatlantirishi hamda ijodiy izlanish yo‘li bilan o‘quv materialini mustaqil o‘rganishning samaradorligi baholash mezonlariga doir takliflar Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmalariga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq qilingan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 03-02/2-2-918-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limiy muammolarni eksperimental ta’limga tatbiq etishga oid tavsiyalar asosida boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning samaradorligi va sifatini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish