Akramova Shahnoza Ganisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitalini rivojlantirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt168.
Ilmiy rahbar: Raximova Nigina Xayrullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikada innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida inson kapitalining rivojlanganlik darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi tug‘ilishda kutilayotgan sog‘lom umr ko‘rish davomiyligi ko‘rsatkichi asosida takomillashtirilgan;
inson kapitaliga investisiyalardan qaytim normasini oliy ta’limdan keyingi ta’limga qilinadigan investisiya darajasiga mos ravishda takomillashtirish asoslangan;
respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va aholi mos yosh guruhining oliy ta’lim bilan qamrov darajasining bosqichma-bosqich oshirilib borishini hisobga olgan holda demografik rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlari asosida inson kapitali prognozi ishlab chiqilgan;
oilaviy tadbirkorlik avlodlararo inson kapitalining transferi vositasi va o‘zini o‘zi ish bilan mustaqil band qilish omili sifatida rivojlantirish asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublikada innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
respublikada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida inson kapitalining rivojlanganlik darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi asosida hududlarda inson kapitalining rivojlanishini monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoniga binoan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirishda mahalliy mehnat idoralari uchun amaliy qo‘llanishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 3 maydagi 01/00-02/08-3420-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mehnat resurslarining malakaviy va hududiy mobillik, malaka oshirish va kasbga qayta tayyorlash holati bo‘yicha axborotlarni to‘plash va qiyosiy tahlil qilish imkonini bergan;
 jamiyatda inson kapitaliga sarflanadigan investisiya darajasini aniqlashga qaratilgan sotsiologik so‘rov natijalari asosida inson kapitaliga investisiya qaytim normasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnat standartlari va mehnatga haq to‘lash boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan. Mazkur taklif davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqot maussasalari ilmiy va rahbar xodimlarining  bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash va  mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirishda inobatga olingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 3 maydagi 01/00-02/08-3420-son ma’lumotnomasi). Sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan sohasida band xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda demografik rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan inson kapitali rivojlanishining prognoz parametrlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 88/1-ich-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1011-sonli qarori asosida mavjud mehnat resurslari, aholini ishga jalb qilish ko‘rsatkichlari haqqoniyligi va mehnat resurslari balanslarining mutanosibligini saqlash monitoringi va mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 3 maydagi 01/00-02/08-3420-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikdan foydalanish mehnat resurslarini yosh-jins, ma’lumotlilik darajasiga ko‘ra tarkibini prognoz qilish asosida mehnat resurslarining tarkibini takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va mehnat bozorida istiqbolda kutilayotgan demografik bosimni baholash imkonini bergan;
jamiyatda har bir oila inson kapitalining shakllanishi, rivojlanishi va undan samarali foydalanishdagi rolini aniqlash asosida respublikada oilaviy tadbirkorlikni tashkiliy-huquqiy qo‘llab-quvvatlashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 7 martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazirlikning 2019 yil 11 martdagi 58-ICh-son buyrug‘ini tayyorlashda inobatga olingan  (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 3 maydagi 01/00-02/08-3420-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif avlodlararo bilim va tajribaning almashinuvi asosida mehnat bozoriga  ilk marta kirib kelayotganlarni oilaviy tadbirkorlikka jalb etish orqali ish bilan bandlik darajasini oshirgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish