Amanov Otabek Amankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq mehnat bozorini samarali rivojlantirish asosida aholini ish bilan bandligini oshirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt170.
Ilmiy rahbar: Abdurahmanov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavqochevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq mehnat bozorining samarali rivojlanishini nazariy-uslubiy tadqiq etish asosida qishloq aholisini ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq aholisining ish bilan bandligi darajasini mehnat bozorida ish bilan bandlikning egiluvchan, o‘z-o‘zini ish bilan bandligini ta’minlash va masofaviy ish bilan bandlik shakllarini rivojlantirish asosida oshirish taklif etilgan;
kichik sanoat zonalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda qishloq aholisining ish bilan bandlik darajasini oshirish asoslangan;
aholi bandligini qishloq joylarida ta’minlash mexanizmi qishloq turistik maxsus yo‘nalishlarini tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
2019–2025 yillarga mo‘ljallangan mehnat bozori tendensiyasi va aholi o‘sishining demografik prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq mehnat bozorini samarali rivojlantirish asosida aholining ish bilan bandligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq aholisining ish bilan bandligi darajasini mehnat bozorida ish bilan bandlikning egiluvchan, o‘z-o‘zini ish bilan bandligini ta’minlash va masofaviy ish bilan bandlik shakllarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 iyuldagi 01/00-04/07-4822-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ish bilan bandlikning noan’anaviy turlari ko‘lamini kengaytirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkonini bergan;
kichik sanoat zonalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda qishloq aholisining ish bilan bandlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ-3635-son “Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2019 yil 19 iyundagi 03/1235-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi viloyatda davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’ektlari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining ro‘yxatini shakllantirish hamda kichik sanoat zonalari hududida 5 mingdan ortiq ish o‘rnini tashkil etish imkonini bergan;
aholi bandligini qishloq joylarida ta’minlashda qishloq turistik maxsus yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan yangi turizm yo‘nalishlari asosida ish o‘rinlarini yaratish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2019 yil 19 iyundagi 03/1235-son ma’lumotnomasi). Viloyatda qishloq yangi turistik maxsus yo‘nalishlarining tatbiq etilishi natijasida qishloq joylarida agroturizm sohasiga 38 ta fermer va dehqon xo‘jaligini, 2 mingdan ortiq mahalliy aholini keng jalb qilish imkonini bergan;
viloyatda 2019–2025 yillarda mehnat bozori tendensiyasi va aholi o‘sishining demografik prognozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozoridagi vaziyat va aholi o‘sishining demografik prognozini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 iyuldagi 01/00-04/07-4822-son ma’lumotnomasi). Viloyatda mehnat bozori tendensiyasi va aholi o‘sishining demografik prognozi yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligi darajasini oshirish dastur va chora-tadbirlarining sifatini oshirishga xizmat qilgan.