Salimov Akmal Alimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim sohasida inson taraqqiyoti konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt454.
Ilmiy rahbar: Nabiev Dilmurod Xamidullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Muxammedov Murod Muxammadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson taraqqiyoti konsepsiyasi nuqtai nazaridan uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-nazariy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarida ta’lim sifatini, oliy ta’lim muassasalariga qamrov darajasini oshirish, turli aholi toifalari uchun ta’limni qo‘llab-quvvatlash orqali inson kapitaliga investisiyalardan barqaror iqtisodiy o‘sish, bandlik va turmush sifati ko‘rsatkichlari ko‘rinishida qaytim olish mexanizmi takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim muassasalarining qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, shaxs salohiyati, raqobat ustunliklari, erkin yakka tanlov asosida o‘qish imkoniyatini ta’minlaydigan ta’limni personallashtirish hamda personal ta’lim makonini loyihalashni maqsadli o‘sish nuqtasi sifatida qo‘llash taklif etilgan;
respublika mintaqalarida axborot-tahliliy ta’minot maxsus tarmoqlararo markazlari hamda innovatsion klasterlarni tuzish, yetakchi oliy ta’lim muassasalarida forsayt markazlarini, mintaqa va tarmoq resurs markazlarini tashkil etish yo‘li bilan innovatsion ta’lim infratuzilmasi takomillashtirilgan;
ta’lim sohasiga davlat byudjetidan xarajatlarning YaIM hajmiga ta’siri ekonometrik modellashtirish orqali aniqlangan hamda 2019–2023 yillarda rivojlantirish istiqbollari prognoz qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim tizimida inson taraqqiyoti konsepsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzluksiz ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarida ta’lim sifatini, oliy ta’lim muassasalariga qamrov darajasini oshirish, turli aholi toifalari uchun ta’limni qo‘llab-quvvatlash orqali takomillashtirilgan inson kapitaliga investisiyalardan barqaror iqtisodiy o‘sish, bandlik va turmush sifati ko‘rsatkichlari ko‘rinishida qaytim olish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 apreldagi 89-03-1587-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy etilishi natijasida kadrlarga mehnat bozoridagi joriy va istiqboldagi ehtiyojni monitoring va prognozlash mintaqaviy tizimini yaratish, shu jumladan, oliy o‘quv yurtlarida mintaqa va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish davlat dasturi ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirish imkoni yaratilgan;
nodavlat ta’lim muassasalarining qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, shaxs salohiyati, raqobat ustunliklari, erkin yakka tanlov asosida o‘qish imkoniyatini ta’minlaydigan ta’limni personallashtirish hamda personal ta’lim makonini loyihalashni maqsadli o‘sish nuqtasi sifatida qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 maydagi SS-6-3/20-1113-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 apreldagi 89-03-1587-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 841-son qarorning 1-ilovasida keltirilgan tegishli maqsadlarni shakllantirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish asosida nogiron bolalar ta’lim va tarbiyadan teng sharoitda bahramand bo‘lishlari uchun «to‘siqsiz muhit» yaratish, o‘qituvchining ijtimoiy maqomini ko‘tarish orqali insonni umumjamiyat qadriyatlari va me’yorlariga integratsiyalashga xizmat qilgan;
respublika mintaqalarida axborot-tahliliy ta’minot maxsus tarmoqlararo markazlari hamda innovatsion klasterlarni tuzish, yetakchi oliy ta’lim muassasalarida forsayt markazlarini, mintaqa va tarmoq resurs markazlarini tashkil etish yo‘li bilan takomillashtirilgan innovatsion ta’lim infratuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 02-15/2376-son ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish maqsadli ko‘rsatkichlarining «Inson kapitalini va tadqiqot faoliyatini rivojlantirish» nomli 2-bo‘limining «Ta’limga davlat xarajatlari (YaIM ga nisbatan, foiz)», «Oliy ta’lim muassasalariga qabul», «Tadqiqotlar va ishlanmalarga yalpi xarajatlar» kabi maqsadli ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari va ko‘rsatmalarini shakllantirish imkonini bergan;
ta’lim sohasiga davlat byudjetidan xarajatlarning YaIM hajmiga ta’sirining ekonometrik modeli va 2019–2023 yillarda rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 maydagi SS-6-3/20-1113-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalari inson kapitaliga yo‘naltirilgan investisiyalar samaradorligini oshirish, ta’limga yo‘naltirilgan xarajatlar hajmini ikki baravarga ko‘paytirish, ta’lim tizimini davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirishning maqbul usullarini ishlab chiqish orqali milliy iqtisodiyotni o‘rta muddatli davrda barqaror rivojlantirishga xizmat qilgan.