Abdullaeva Ra’no Gafurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hunarmandchilik faoliyatini tadbirkorlikni kengaytirish orqali rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.15¬–Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti;  08.00.01–Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt126.
Ilmiy rahbar: Abulqosimov Hasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,  O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03. 
Rasmiy opponentlar: Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hunarmandchilik faoliyatini tadbirkorlikni kengaytirish orqali rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hunarmandchilik faoliyatining o‘z mazmuni va xususiyatlari jihatidan tadbirkorlik tavsiflari yuqori darajada namoyon bo‘luvchi turlarini yakka tartibdagi tadbirkor shakliga o‘tkazish taklifi asoslangan;
«Usta-shogird» tizimidagi faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandlarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etish taklifi asoslangan;
hunarmandchilik faoliyatini tadbirkorlik asosida rivojlantirishni davlat tomonidan rag‘batlantirish, unda innovatsiyalarni qo‘llashni faollashtirish, hunarmandchilik mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilish dastaklaridan tarkib topgan ixtisoslashgan tadbirkorlik tuzilmasi asoslangan;
mahallalardagi tadbirkorlik sub’ektlari hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga jalb etish orqali «Mahalla va hunarmandchilik ustaxonasi (korxonasi)» tizimini shakllantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hunarmandchilik faoliyatini tadbirkorlikni kengaytirish orqali rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
hunarmandchilik faoliyatining o‘z mazmuni va xususiyatlari jihatidan tadbirkorlik tavsiflari yuqori darajada namoyon bo‘luvchi turlarini yakka tartibdagi tadbirkor shakliga o‘tkazish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining faoliyatiga joriy etilgan («Hunarmand» uyushmasining 2019 yil 26 avgustdagi 01-05/1128-son ma’lumotnomasi). Natijada hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari optimallashtirilib, ularning soni 34 taga, «Hunarmand» uyushmasiga a’zolar soni 2018 yilda 35 foizga oshgan;
«Usta-shogird» tizimidagi faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandlarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etish bo‘yicha berilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5242-son farmoni loyihasini tayyorlashda foydalanilgan («Hunarmand» uyushmasining 2019 yil 26 avgustdagi 01-05/1128-son ma’lumotnomasi). Natijada pensiyada bo‘lgan mahoratli usta hunarmandlar «Usta-shogird» maktablariga jalb etilgan, 2018 yilda «Usta-shogird» maktablari soni 5124 taga etgan, shogirdlar hisobidan 23221 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan;
hunarmandchilik faoliyatini tadbirkorlik asosida rivojlantirishni davlat tomonidan rag‘batlantirish, unda innovatsiyalarni qo‘llashni faollashtirish, hunarmandchilik mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilish dastaklaridan tarkib topgan ixtisoslashgan tadbirkorlik tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining faoliyatiga joriy etilgan («Hunarmand» uyushmasining 2019 yil 26 avgustdagi 01-05/1128-son ma’lumotnomasi). Natijada hunarmandchilik mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi savdo-xarid korxonalari tashkil etilgan;
mahallalardagi tadbirkorlik sub’ektlari hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga jalb etish orqali «Mahalla va hunarmandchilik ustaxonasi (korxonasi)» tizimini shakllantirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi ««Obod qishloq» dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3630-sonli qarori 2-ilovasiga asosan amaliyotga joriy etilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 26 avgustdagi  02-01/567-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Jizzax viloyati Do‘stlik tumani «Manas» qishlog‘i amaliyoti 2018 yilda «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan respublikaning barcha tumanlaridagi jami 368 ta qishloqlarda joriy etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish