Xatamov Farxod Faxritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqiy savodxonlik falsafiy tadqiqot ob’ekti sifatida (Ijtimoiy boshqaruv institutlari xodimlari misolida)”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal.278.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Kuchkarov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Xudoyberdiev Ismatullo Egamberdievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy boshqaruv institutlari xodimlarining huquqiy savodxonligini  yuksaltirish borasida yuzaga kelgan muammolarni aniqlash va ularning ilmiy ratsional echimlarini topish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy boshqaruv institutlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yuksaltirish mexanizmi hisoblangan “huquqiy ong-huquqiy bilim-huquqiy amaliyot” birligini ta’minlovchi regulyativ (nazorat qiluvchi, chegaralovchi va repressiv) funksiyasi huquqiy madaniyat va axloqiy qadriyatlarga asoslangan o‘zaro muloqot vositasida takomillashtirilgan;
huquqiy savodxonlik real hayotiy muammolarni, shaxslararo munosabatlardagi kolliziyalarni (konfliktlar, ziddiyatlar) hal qilish, boshqarish tizimini adolat, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash tamoyillariga muvofiq asoslab berilgan;
ijtimoiy boshqaruv institutlari xodimlarining huquqiy madaniyatining adolatli, konstitusiyaviy va ijtimoiy-axloqiy normalarga muvofiqligi huquqiy bilimlarning darajasiga va ularning amaliy ko‘nikmalariga bog‘liqligi sotsiometrik o‘lchov asosida mantiqiy isbotlangan;
huquq va huquqiy savodxonlik ijtimoiy boshqaruv faoliyatini samarali olib borish kafolati ekanligi shaxsning o‘z fuqarolik burchini tushunib etishi, o‘z haq-huquqlarini himoya qila bilishi, huquqiy ong, bilim, faoliyat, huquq ijodkorligi singari substansional elementlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ijtimoiy boshqaruv institutlari xodimlarida huquqiy savodxonlikni yuksaltirish  bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
ijtimoiy boshqaruv institutlari xodimlari huquqiy savodxonligini yuksaltirishga oid mexanizmlari tuzilmasi (huquqiy ong va huquqiy bilim)ni takomillashtirishga oid nazariy va amaliy ahamiyatga ega taklif-tavsiyalaridan boshqaruv institutlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan “Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 38/5-514-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat va xo‘jalik boshqaruvi faoliyati xodimlarining huquqiy ongini yuksaltirishga va yosh istibolli kadrlarni tayyorlash, ularning huquqiy kompetensiyasini oshirishga xizmat qilgan;
huquqiy savodxonlik real hayotiy muammolarni, shaxslararo munosabatlardagi kolliziyalarni hal qilish, boshqarish tizimini adolat, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash tamoyillariga muvofiq olib borishga doir konstruktiv natijalaridan “Odam savdosi jinoyatlarining oldini olish va ochishda o‘tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlari” nomli o‘quv qo‘llanmaning 2-paragrafida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 2019 yil 26 avgustdagi 38/5-506-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida, ijtimoiy boshqaruv tashkiloti xodimlarida huquqiy-falsafiy savodxonlikni oshirish, huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyati hissini uyg‘otishga xizmat qilgan;
boshqaruv institutlari xodimlarining huquqiy madaniyatini ular kasbining, faoliyatining differensial xususiyatlari belgilab kelishi, ammo ular faoliyatining adolatli, konstitusiyaviy va ijtimoiy normalarga muvofiqligi, huquq fenomenining ta’siriga, huquqiy bilimlarning darajasiga hamda ulardan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalariga bog‘liqligi ochib berilgan tadqiqot natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlari»da muharririyatining «Bedorlik» dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 26 apreldagi O’z/R-1-76-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy-huquqiy islohotlar, yoshlarning ma’naviy va huquqiy savodxonligi, kadrlar tayyorlash tizimida ijtimoiy, falsafiy va huquqiy bilimlarning oshishiga xizmat qilgan;
huquq va huquqiy savodxonlik ijtimoiy boshqaruv faoliyatini samarali olib borish kafolati ekanligi boshqaruv shakllari (rejalashtirish, qaror qabul qilish, nazorat) orqali asoslab berilganligiga oid  nazariy-metodologik g‘oya, amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2018 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturining “Partiyaning mafkuraviy faoliyati va targ‘ibot-tashviqot ishlari” deb nomlangan III bo‘limning “Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari va “Yosh adolatchilar” qanoti faollari ishtirokida partiyaning “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida va “Partiyaning saylovoldi dasturidagi vazifalarni amalga oshirish” deb nomlangan IV bo‘limning “Xalq ta’limi tizimidagi islohatlarni yanada jadallashtirish, 11 yillik ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish” mavzusidagi 32-banlari ijrosini ta’minlashda samarali foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2019 yil 5 fevraldagi 01-1/1/227-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida, respublikamiz aholisi  o‘rtasida huquqiy savodxonlikning oshishiga va sohaga oid targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda samarali xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish